o'zida jamlab, mujassam etgan hadis Xolid ibn Valid
r.a.dan rivoyat qilinadi: "Bir a'robiy Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamning huzurlariga kelib: "Ey Allohning
Rasuli, men sizdan dunyou oxiratga yetarli narsa haqida
so'rash uchun keldim", dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Hayolingga kelganini so'rayver", dedilar.
U: "Eng ilmli inson bo'lishni istayman?" dedi.U zot:
"Allohga taqvo qil, odamlarning eng ilmlisi bo'lasan",
dedilar. -"Odamlarning eng boyi bo'lishni istayman?"
dedi.-"Qanoatli bo'l, odamlarning eng boyi bo'lasan",
dedilarl. - "Odamlarning eng adolatlisi bo'lishni xohlayman?".- "Odamlarga o'zingga ravo ko'rgan narsani
ravo ko'r, ularning eng adolatlisi bo'lasan".-"Odamlarning
eng yaxshisi bo'lishni xohlayman?"-"Odamlarga eng ko'p
manfaat yetkazadigani bo'l, ularning eng yaxshisi
bo'lasan".- "Odamlarning ichida Allohning eng xos
bandasi bo'lishni xohlayman?"- "Allohning zikrini ko'paytir, Allohning eng xos bandasi bo'lasan".-
"Iymonim komil bo'lishini xo'hlayman?"- "Xulqingni
go'zal qil, iymoning komil bo'ladi".- "Muhsin - haqiqiy
yaxshilik qiluvchilardan bo'lishni istayman?"-"Allohga U
Zotni ko'rib turgandek, agar U Zotni ko'rib turgandek
bo'lolmasang, U Zot seni ko'rib turganini his etib ibodat qil, muhsinlardan bo'lasan".-"Itoatlilardan bo'lishni
xohlayman?"- "Allohning farzlarini ado et, Itoatlilardan
bo'lasan".- "Allohga gunohlardan toza holda yo'liqishni
istayman?"-"Janobatdan g'usl qilib, poklanib yur, Allohga
gunohlardan tozalangan holda yo'liqasan".-"Qiyomat kuni
nur ichra tirilishni xohlayman?"-"Hech kimga zulm qilma, Qiyomat kuni nur ichra tirilasan".- "Qiyomat kuni Robbim
menga rahm qilishini xohlayman?"- "O'zinga va U Zotning
bandalariga rahm qil, Qiyomat kuni Robbing senga rahm
qiladi".- "Gunohim kamayishini xohlayman?"-"Istig'forni
ko'paytir, gunohing kamayib boraveradi".- "Odamlarning
eng mukarrami bo'lishni xohlayman?"- "O'z holingdan birovga shikoyat qilma, odamlarning eng mukarrami
bo'lasan".-"Odamlarning eng kuchligi bo'lishni
istayman?"-"Allohga tavakkul qil, odamlarning eng
kuchligi bo'lasan".- "Alloh menga rizqimni keng qilishini
xohlayman?"- "Doim tahoratli bo'l, Alloh senga rizqingni
keng qiladi".- "Alloh va Rasulining seviklisi bo'lishni xohlayman?"- "Alloh va Rasuli sevgan narsalarni sev,
Alloh va Rasulining seviklisi bo'lasan".- "Qiyomat kuni
Allohning g'azabidan emin bo'lishni istayman?"-
"Allohning hech bir maxluqiga g'azab qilma, Allohning
g'azabidan emin bo'lasan".- "Duoyim ijobat bo'lishini
istayman?"-"Harom yeyishdan uzoq bo'l, duoying ijobat bo'ladi".- "Robbim Qiyomat kuni meni satr qilishini -
ayblarimni yashirishini istayman?"-"Birodarlaringning
ayblarini yashir, Alloh Qiyomat kuni sening ayblaringni
yashiradi".- "Gunohlardan nima najot beradi?"-
"Ko'zyoshlaru, tazarru'laru kasalliklar".- "Allohning
nazdida eng buyuk yaxshilik qaysi?"- "Go'zal xulq, tavoze va balolarga sabr qilish".- "Allohning nazdida eng ulkan
yomonlik qaysi?"- "Yomon xulq, xasislik va
itoatparastlik".-"Dunyou oxiratda Robb taoloning
g'azabini so'ndiradigan narsa nima?"- "Maxfiy sadaqa va
silai rahm".- "Qiyomat kuni do'zaxning o'tini o'chiradigan
narsa nima?"- "Dunyoda balou musibatlarga sabr qilish".Imom Mustag'firiy aytadi: "Men ko'p ma'nolarni
o'zida jamlab, mujassam qilgan ushbu hadisdan ko'ra
dinning go'zalliklarini o'z ichiga olgan, buyukroq va
manfaatliroq hadis ko'rmadim".Imom Ahmad rivoyati.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 10
хадисга кани эди хамма риоя килишса