tuman.
1943 y. 8 mayda tashkil etilgan (1957 y.
12 okt.daGʻallaorol tu-mani bilan birlashtirilgan edi, 1971 y. 31 avg .da
qayta tuzildi). B. t. Gʻallaorol, Jizzax, Zomin
tumanlari, Samarqand viloyati va
Tojikiston Respublikasi bilan
chegaradosh. Mayd. 1,86 ming km2.
Aholisi 91,8 ming kishi (2000). B. t.da1 shaharcha (Usmat) va 10 qishloq
fuqarolari yigʻini (Barlos, Baxmal,
Bogʻishamol, Gulbuloq, Mugʻol, Oyqor,
Oqgosh, Sangzor, Tongotar, Uzunbulok)
bor. Markazi — Usmat shaharchasi.
T a b i a t i . Tuman hududi, asosan, tof oldi tekisliklari va togʻlardan iborat. B.
t.ning jan. qismida Turkiston tizmasi va
uning shim.-gʻarbiy tar-mogʻi —
Molguzar togʻlari joylashgan (eng baland
joyi 2621 m). Molguzar togʻlari bilan
Turkiston tizmasi oraligʻida Sangzor vodiysi bor. Iqlimi keskin kontinental.
Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —5° dan —9*
gacha, iyulniki 25°, togʻli qismida 15°.
Yiliga oʻrtacha 300 — 750 mm yogʻin
tushadi. Tuman hududida Saʼd Vaqqos
ota bulogʻi bor. Tuproqlari asosan toʻq tusli boʻz tuproqlar va togʻ jigarrang
tuproqlar, togʻ va baland tof dasht
tulroqlari, sharqida tipik boʻz tuproqlar
tarqalgan. Efemer va efemeroid, kserofit
oʻsimliklari oʻsadi. Butazor, archazor,
yongʻoqzorlar uchraydi. Bodom, yovvoyi olma, olcha, dulana bor. B. t.ning togʻ oldi
zonalarida yirtqichlardai, boʻrsiq, tulki,
boʻri, sudralib yuruvchilardan koʻlbor
ilon, kaltakssaklar, qushlardan kaklik,
gʻur-rak va b. uchraydi. B. tla Zomin togʻ-
oʻrmon davlat qoʻriqxonasi tashkil etilgan.
Aholisi asosan, oʻzbeklar (92,4%);
shuningdek rus, qozoq, tojik, qirgʻiz va b.
millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga
oʻrtacha 10 kishidan 25 kishigacha
toʻgʻri keladi. Xoʻjaligi. B. t.damarmar koni, arak-vino va asfalt z-dlari, bosmaxona, paloye va gilam
toʻqish sexlari, qurilish tashkilotlari bor.
Tumanda boʻrdokichilik fermalari,
mexanizatsiyalashgan oʻrmon xoʻjaligi
mavjud. Asosan gʻallachilik va chorvachilik
rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 6,6 ming ga, shu
jumladan 0,4 ming ga yerga sabzavot, 2
ming ga yerga beda, 200 ga yerga
makkajoʻxori ekiladi. Bogʻ, tokzor, tutzor,
oʻrmonlar bor. B. t.da2 jamoa xoʻjaligi, 1 davlat xoʻjaligi, kooperativ xujaliklar, 330
ga yakin fermer xoʻjaligi va b. 12 xoʻjalik
bor. Tuman jamoa va shaxsiy
xoʻjaliklarida 65,7 ming qoramol, 122,2
ming Koʻy va echki, 62,1 ming parranda
bor (1999). Avtomobil yoʻllari uz. 460 km. 1999/2000 oʻquv yilida 63 umumiy
taʼlim maktabi boʻlib, 2376.1 oʻquvchi, 1
li-seyda 500 oʻquvchi taʼlim oldi. 45
maktabgacha tarbiya muassasalarida
3000 ga yakin bola tarbiyalanadi. 15 klub,
madaniyat uyi, "Baxmal" ashula va rake havaskorlik ansambli, "Qaynarbuloq"
qoʻgʻirchokteatri, "Baxmal xandasi"
miniatyura havaskorlik teatri, 415 oʻrinli
kasalxona, 41 tibbiy punkt, 15
ambulatoriya boʻlib, ularda 158 vrach,
736 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. "Baxmal hayoti" tuman gazetasi
chikadi (adadi 1500).[1]
Baxmal - Jizzax viloyati tumanlaridan biri.
Baxmal tuman markazi O‘smat
shaharchasi.
Tuman 1970-yil, 16-oktabrda tashkil topgan
https://www.youtube.com/watch?v=yngyDfomSZ8
https://www.youtube.com/watch?v=Ly0LV8QcV0g
https://www.youtube.com/watch?v=rcn-ItvZfNE
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5