Bolang bo'lib bir bor boshlab keldimmi, Endi men ham senga o'g'il bo'ldimmi?.. Garchi bisotingda"bayram"so'zi yo'q, Bilaman, kutasan sandal to'la cho'g', Menda yurak deganlarin o'zi yo'q... Men sovg'a bermagan qiz yo'q bu oqshom, Senga-chi? Na bir xat, na shirin kalom, Endi men ham o'g'il bo'ldimmi, onam!.. Deysan:"Olislarda omon bo'lsang bas, Goh yodingga tushsam yo'qlab kelsang bas, Bolam senga hamma qiladi havas...". Mening dardim axir, she'r emas faqat, Men mashhur shoirmas - mashhur beshavqat!... Endi men ham senga o'g'ilmanmi, ayt. Sog'inib bayt bitdim, u seni topsin, Poyingga tiz cho'kib qo'lingdan o'psin, She'rdan ham ulug'in borligin ko'rsin, Borib men uchun ham holingni so'rsin, Sensiz g'arib ko'nglim ko'ngilmi, onam, Endi men ham sizga o'g'ilmi, onam?..
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев