Ajoyib savol! Ya'ni
insonlar internetda bir-
birlari sevib qolishi
mumkinmi? Hozirda
ushbu savol ko'p
joylarda yangramoqda.
Savol berilayotganda
uning oxangiga e'tibor
bering! Virtual sevgi
bormi? Negadir menga
bu savol oxangida, ha
degan javobni
kutayotgandek
kayfiyatni sezaman.
Bundan ma'lum bo'ladiki,
sevgiga
ishonadiganlarning
ko'pchiligi virtual sevgiga
ham ishonadi. Bu
savolga har kim o'z
tushunchasi doirasida
javob bermoqda. Ba'zilar
aytadiki: "Sevgi joy
tanlamaydi". To'g'ri, joy
tanlamaydi, ammo
internet "joy"ga to'g'ri
kelarmikin? Bu virtual
sevgiga ishonmas ekan
deb o'ylamang. Keling
birgalikda taxlil qilib
ko'ramiz! Inson sevib
qolishi uchun nargi inson
haqida ruxiy, jismoniy,
ma'naviy, oilaviy va
hatto axloqiy taraflari
haqida ham tasavvur
bo'lishi kerak.
Internetda uning
gaplarini yozuvlarda
ko'rasiz. Fikrlashi va
dunyoqarashini anglab
olasiz. O'zi va oilasi
haqida tanishasiz.
Rasmini ko'rib baxo
berasiz. Sizga yoqib
qoladi (bu hali sevgi
emas) . Yana va yana
gaplashgingiz keladi.
Sog'inasiz, kutasiz.
Online bo'lganda xursad
bo'lib ketasiz. O'zizcha
o'ylaysiz, sog'inyapman,
talpinyapman sevib
qoldimmikin? Ammo
o'ylamaysizki, u
umuman boshqacha
inson bo'lib chiqishi
mumkin. Rasm o'ziniki
emas, yozgan narsalari
esa u inson
xushmuomila bo'lgani
sababli sizga mehrli
bo'lib tuyulgandir.
Yozayotgan har bir
inson o'zini, qarshisidagi
insonga mukammal qilib
ko'rsatishga harakat
qiladi. Natijada
xaqiqatdan yiroq bo'lgan
taassurotlar paydo
bo'ladi. Kun sayin uni o'z
tasavvurida
ideallashtirib boraveradi.
Oqibatda nuqsonlar ham
ko'rinmay qoladi. Kelgan
xatlarni aql ko'zi bilan
emas qalb ko'zi bilan
ko'ra boshlagach esa xis
tuyg'ular ta'sirida uning
xabarlari rang-barang
tuslarga kiradi. Xayolot
ummonida butunlay
o'zgacha tasvirlar
namoyon bo'ladi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев