a.v.)NING
NASABLARI VA
TUG‘ILISHLARI. Bilmak kerakkim,
ummatman degan har
bir odam, Payg‘ambarimiz Muhammad
alayhissalomni o‘z ota-onasini tanigandek bilishi
lozimdur.Payg‘ambarimiz sollallohu
alayhi vasallam o‘zlari arab naslidin,
Quraysh qabilasi, Bani Hoshim urug‘idin
bo‘lib,nomi shariflari Muhammaddir,
sollallohu alayhi vasallam.Tug‘ilgan joylari
Arabistonda Makka
shahridur. Otalari
Abdulloh,Abdullohning otasi
Abdulmuttalib, uning otasi Hoshim,
uning otasi Abdumanofdur. Ushbu to‘rt otalarini
bilishlik har bir musulmonga lozimdur.
11-otalari Quraysh, 21-otalari
Adnondur.
Payg‘ambarimizning yuqorigi otalari
Ibrohim Xalilullohdur. Onalarining otlari Ominadur. Payg‘ambarimiz ota-onadin
yolg‘iz tug‘ilgan, to‘ng‘ich o‘g‘ildur.
Chunki payg‘ambarimiz ona qornida ikki
oylik bo‘lgan chog‘larida otalari
Abdulloh Shom safariga ketayotib,
Madina shahrida vafot topdilar, yoshlari o‘ttizga yetmagan edi.Payg‘ambarimiz
sollallohu alayhi
vasallam hazrati Iso alayhissalomdin
571 yil keyin tug‘ildilar. U zamonda Eron
mamlakatida mashhur No‘shiravon Odil
podshoh edi. Odil podshoh zamonida tug‘ildim, degan so‘zlari marviydur.
Rabbiul-avval oyining 12-si dushanba
kechasi, sahar vaqtida dunyoga keldilar.
Ona qornida yotishlari, onadin
tug‘ilishlari boshqa bolalardek bo‘lmadi.
Chunki onalari Omina og‘ir bo‘y xotunlardek qursoq og‘irligini sezmadi,
yuklik xotunlarga bo‘ladurgan badan
og‘irchiliklarining hech birini
bilmadi.Ona qornida 6 oylik
bo‘lganlarida
«Xudoning do‘sti,oxir zamon Payg‘ambariga yuklik bo‘lding, — deb
Ominaga tushlarida bashorat bo‘ldi. —
Bu muborak o‘g‘il tug‘ilgan so‘ngida oti
Muhammad bo‘lsin», deyildi.Tug‘ilish oy-
kunlari tamom bo‘lganda
Allohning qudrati bilan hazrati Maryam,Fir’avnning xotuni hazrati Osiyo
va boshqa bir necha hur qizlar bilan
doyalikka hozir bo‘ldilar. Bola tuqqan
xotunlardek odatdagi to‘lg‘oq tortish,
qursoq og‘rig‘i, qon kelishiga o‘xshash
narsalardin hech biri bo‘lmadi. Payg‘ambarimiz tug‘ilganlarida poklik,
tozalik bilan vujudga keldilar.
Shundoqki, sunnat qilingan edilar.
Kindiklari kesilgan, badanlari
yog‘langan, xush islik narsalar surtilgan
holda tug‘ildilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi
vasallam dunyoga kelgan kechasida ul
zotning sharaf va hurmatlari uchun
Xudoi taolo ko‘p mo’jizalar ko‘rsatdi. Ul
zamonda olam hammasi kofiriston edi,
o‘tgan payg‘ambarlarning ko‘rsatgan haq dinlaridin odamlar adashgan edilar.
Arab mushriklari tarafidin Baytullohga
360 dona but osilgan edi. Arablarning
har bir urug‘i o‘zlariga atab, Baytullohga
bir donadan but osib qo‘yishni odat
qilgan edilar. Mana shu butlar Payg‘ambarimiz tug‘ilgan kechada
hammalari yuztuban yiqilib, yerga
tushdi. Ertalab kelgan kofirlar bu holni
ko‘rib, hayron qoldilar. Va ham ona
qornidan yerga tushgan chog‘larida bir
nur paydo bo‘ldi, uning yorug‘lig‘idan Shom viloyatidagi Busro degan
shaharning saroylari ko‘rindi. Makka
shahri bilan buning oralig‘i 50 kunlik
yo‘l edi. Hozirgi Eron xalqi u zamonlarda
hammalari otashparast kofir edilar.
Tutgan dinlari esa majusiylar dini — o‘tparastlik edi. Bularning otashkada,
ya’ni ibodatxonalaridagi ming yillab,
uzun zamonlardin beri o‘chmay, yonib
turg‘on hisobsiz o‘tlari Pay¬g‘ambarimiz
ona qornidan tushgan chog‘larida o‘chib
qoldi. Yana ul mamlakatda Sova degan bir ko‘l bor edi, shul kechada yerga
singib ketib Samova degan cho‘ldan
qaynab chiqdi. Ul cho‘l suvga mo‘l bo‘ldi,
ko‘lga aylandi. Mana shunga o‘xshash u
kechada bir necha turli mo’jizalar paydo
bo‘ldikim, agar ularning hammasi bu o‘rinda yozilsa, bir kitob bo‘lur. Endi bu
joyda aytganlarimiz daryodan bir
cho‘mich, xirmondan bir hovuch misoli
bo‘lsa ham qolganlarga ishorat,
mo‘minlarga bashoratdur.
Payg‘ambarimiz tug‘ilganlarini anglagach, bobolari Abdulmuttalib
hammadin ortiqroq suyundi. Yoshligida
o‘lib ketgan bolasi Abdullohdin yodgor
qolgan yolg‘iz o‘g‘lim Muhammad,(s.a.v)
deb ko‘p suyar edi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев