Nechun ko`zlaringiz bunchalar
mahzun,
Beshafqat ekanmi qismat
aybsizim?
Ishq yo`lin shu qadar bo`lmog`in
uzun,
Kutmaganmidingiz, ayting
azizim?.
Olamga beparvo boqar edingiz,
Istasam, baxt meni yo`qlar
derdingiz,
Kibringiz dard-alam keltirdi
so`ngsiz,
Kutmaganmidingiz, ayting
azizim?.
Yarim oy bilgandek bir kun
to`lishin,
Men ham sezgan edim shunday
bo`lishin,
Erta ochilgan gul erta so`lishin,
Bilmaganmidingiz, ayting azizim?.
Kimlargadir otib ta`na toshlarni,
Pinhona to`karsiz achchiq
yoshlarni,
Vafo qilmasligin ko`zu qoshlarni,
Bilmaganmidingiz, ayting azizim?.
Sharoit o`zgacha olganida tus,
Balki chekmasdingiz bu qadar
afsus,
Jondan qimmat turar bugun or-
nomus,
Bilmaganmidingiz, ayting azizim?.
Nahot savollarim shunchalar
og`ir,
Poyimga tiz cho`kib kechir
dedingiz,
Mening qandayligim o`shanda
axir,
Bilmaganmidingiz?...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев