"Granada"ga qarshi o'yindan
keyin Krishtianu Ronaldodan
nimaga gollarini
nishonlamaganligini
so'rashganida, ayni paytda ba'zi
muammolarga ko'ra kayfiyati
yo'qligi va urgan gollarini to'liq
nishonlash uchun yetarlicha
baxtiyor emasligini aytib
o'tgandi. Bunday narsa inson
hayotidagi tabiiy holdir. Ammo
uning bu javobi dunyo
ommaviy-axborot olamini
kutilmagan darajada larzaga
keltirdi. Jurnalistlar va
muharrirlar bu javob orqasidan
millionlab mablag' ishlab olishdi.
Balki shunday qilinishi oldindan
kelishilgan hamdir.., bunisi bizga
qorong'u. Biz uchun eng muhimi
- sevimli futbolchimiz
jamoamizda qoladi va sidqidildan
mehnat qilishni davom ettiradi.
Bunga Krishtianoning kechagi
intervyusi ham dalil bo'lmoqda: "
- Men hamma madridchilarni
menga qilgan katta e'tiborlari va
qo'llab-quvvatlaganlari uchun
minnatdorchilik
bildirmoqchiman. Meni klubda
shunchalik qadrlashlarini ko'rib
boshim osmonga yetdi. Bo'lib
o'tgan gaplarning boisi yangi
qimmat shartnomada ham,
jamoadoshlarimda ham emas.
Hozirgi shartnomam va
topayotgan pulim menga yetib
ortadi. Hamda hozirgi
jamoadoshlarimga o'xshagan
qalin do'stlarni boshga joydan
topa olishimga ishonmayman.
Men "Real"da o'ynashni davom
ettirishni juda xohlayman va
ishonamanki, uning bilan hali
ko'plab buyuk g'alabalar
qozonaman.."
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев