Предыдущая публикация
Och to‘lqinlar pishqirgan tunda, Topib ber, deb oyga yolvordim.
Ishon, bunda seni doimo Esgasolar chiroyli tunlar, Sho‘x yulduzlar, salqin saharlar, Esgasolar baxtiyor kunlar.
Toleimning oshinosi sen, Sen sevgimning ko‘kargan bog‘i. Sening bilan birga iqbolim, Ishonchimning sen vafo tog‘i.
Meni qurshar salqin bir havo, Suv ustidan tun quyuladi. Shunda qancha-qancha gaplarni Esgasolib oy ham to‘ladi.
Kecha jim-jit, yolg‘iz to‘lqinlar Pishqiradi bilmay tinimni. Hiylagar oy, sehrgar dilbar, Solib qo‘yding yodimga kimni?.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев