Qo'ng'iroqlar markazida ishlar edim. Yiliga 100 000 dollar topsam, oilamga yetarli bo'ladi, deb o'ylardim.
Lekin har kun ishga yo'l olib, metroda yana uxlab qolardim. Shunda menga boshqa yo'nalishda o'qishim va
ishlashim kerakligini aytishdi.
Keyin ishimdan bo'shab, televizor va radioni o'chirib, musiqa bilan jiddiy shug'ullana boshladim.
Boshida hech narsani eplay olmasdim. YouTube'dan darslar yuklab olib, gitara chalishni o'rgana boshladim. Ammo ilk musiqalarim o'zimga yoqmasdi.
Keyin mashhur xonandalarning ilk ijodlarini tinglab ko'rdim. Ular ham boshida zo'r bo'lmagan ekan. Va o'zimga-o'zim "Ular eplabdimi, demak, men ham eplayman" deb aytdim.
Hozirda taksi haydab, pul topaman. Har kun tushdan so'ng, 2 dan 5 gacha musiqa bilan shug'ullanaman.
Yaqinda ilk albomimni chiqardim. Uni "Fantastikadan ko'ra yaxshiroq" deb nomladim. Undan 10 000 nusxa tayyorlab, avtomobilimga o'tirgan yo'lovchilarga sovg'a qilyapman.
Hozir ham yiliga 100 000 dollar topa olganim yo'q. Ammo har tong uxlab qolmay uyg'onaman. Chunki menda maqsad paydo bo'ldi....
"People in New York" sahifasidan tarjima qilindi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 7