Предыдущая публикация
Hech kim menga ishonmas.
Hech kim meni o'ylamaydi,
Hech kim meni deb yonmas.
Hech kim dardim ololmaydi,
Yonimda ham qololmaydi.
Holing ne deb so'rar ammo,
Hech kim chin do'st bo'lolmaydi.
Ko'paytirib g'amlarimni,
Yuzga solib kamlarimni.
Ko'zdan oqsa alamlarim,
Artisholmas namlarimni.
Sevgim sarob ayladilar,
O'zin oshiq sayladilar.
Tushunmasdan muhabbatni,
Sevdim deya kuyladilar.
Oh, bu dunyo, qanday dunyo,
Kunlari ham tunday dunyo.
Dardimdayin har dardlari,
Mening kabi, menday dunyo.
Hech kim meni tushunmaydi,
Tushunsamda ularni.
Hech kim meni o'ylamaydi,
O'ylasamda ularni...
ƒฉřγσძ
TeLeGraM
+998973292212
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 26