Qarasa eri uxlayapti. U xotinini kech kelganini bilmabdi ham.
Xotin darhol noutbukini ochib o‘zini ishlatayotganga solibdi.
Eri shovqinda uyg‘onib xotinga:
— Nima bayramda ichib oldingmi?
Xotin:
— Yo‘q, dadasi ertaga juda muhim ishim bor shuni yozayapman!
Eri:
— Yolg‘on gapirma, alkash chemodonni yopib tezda uxla.
Qabristondan qaytayotgan ikki kampir suhbatlashyapti:
— Yoshingiz nechada?
— Sakson yettida.
— Shu yoshingizda pardoz qilib yurganingizga o‘laymi?!
— Ha, endi... O‘zingiz necha yoshdasiz?
— To‘qson uchda, aylanay.
— Uyga qaytib ovora bo‘lib yurganingizga o‘laymi? dermish.
Bir odam do‘kondan baliq sotib olgani borgandi, baliqlarning ichida bir qiyshiq baliq turganmish. Shunda haridor sotuvchiga qarab:
— Aka, nega bu balig‘ingiz qiyshiq desa.
— Ha, bu baliqni burilishda ushlaganmiz dermish.
35 yoshga kirgan bo‘ydoq yigitdan so‘rashibdi:
— Nega uylanmagansiz?
— O‘zimga mos ideal qiz izlab yurgandim, nihoyat topdim!
— Endi uylanasizmi?
— Yo‘q
— Nega?
— U ham ideal yigitni izlayotgan ekan
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев