https://t.me/bukhariuz/16060 )
#Infografika
105. Saʼid ibn Zayd ibn Amr ibn Nufayldan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Kim zulm yoʻli bilan (oʻziga tegishli boʻlmagan) yerdan bir qarich tortib olsa, qiyomat kuni yerdan yetti qati uning boʻyniga oʻrab qoʻyiladi”, deb aytayotganlarini eshitdim”.
Izoh: Shuningdek, Paygʻambarimizdan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda “Kimki oʻziga tegishli boʻlmagan yerdan hatto bir qarich boʻlsa ham egallab olsa, Alloh taolo uni yetti qavat jahannamning tubiga tashlaydi”, deb aytilgan. Holbuki, inson oʻsha bir qarich yer bilan boyib qolmaydi yoki undan voz kechish bilan kambagʻal boʻlib, boʻyi bukilib qolmaydi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев