🎈🎉
2014 yilning 1 dekabrida kompaniya ofislari ilk 19281 abonent uchun o’z eshiklarini ochgandi. 😎
Data-operator yo’lini tanlagan holda UMS kompaniyasi qisqa muddat ichida bir qator samarali texnologik innovatsiyalarni, shuningdek eksklyuziv va qulay mahsulot va xizmatlarni taqdim etdi.
Bu davrda:
✔️ abonentlar bazasi 1.86 mln. raqamga yetdi;
✔️ Toshkent shahri hududida 4G LTE tarmog’i ishga tushirildi, butun respublika bo’yicha minglab 2G va 3G baza stansiyalari noldan tiklandi;
✔️ jismoniy va yuridik shaxslar uchun 20dan ziyod tarif rejalari taqdim etildi;
✔️ call-markaz orqali 5,9 mln.dan ziyod abonent murojaatlari ko’rib chiqildi;
✔️ 1100dan ziyod dilerlik va 37ta kompaniyaga qarashli ofislar ochildi;
✔️ 50dan ziyod aksiya, o’yin va tanlovlar o’tkazildi.
Barcha abonentlar, mijozlar va hamkorlarimizni tabriklaymiz! Barcha yutuqlarimiz – umumiy g’alabimizdir! Tanlovingiz, faol hamkorligingiz uchun tashakkur! Kelajakda ham yangi syurprizlar bilan sizlarni hushnud qulishga harakat qilamiz! 🎁 haqida ham unutmadik – butun dekabr oyida turli xil aksiya, tanlovlar o’tkaziladi va bonuslar taqdim etiladi!!!
UMS kompaniyasining butun inoq jamoasini, kompaniya rivoji uchun mehnati, g’oyalari, ilhomini ayamagan har bir insonni tabriklaymiz.
Barchangizga yangi muvaffaqiyatlarni tilab qolamiz!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1