Предыдущая публикация
Zulmatning yo'llarin yoritib ketsam
Ishonib qolmang siz bu bir kulgumga
Bir kun nam tuproqq qorishib ketsam
Ishonib qolma ey, parivash dildor
Yuzing silab aytgan sevgi so'zimga
Dunyoda o'zgani sevmam bo'l hushyor
Isming bitilganku mening ko'ksimga
Ishonib qolmagin faqat iltimos
Axir erta balkim men yo'q bo'larman
Balki bu taqdirdir qilma e'tiroz
Balki tushlaringda mangu qolarman
Ishonib qolmang siz, ey azizlarim
Mehringgiz taftidan otash bo'laman
Ollohning bir ojiz bandasi men ham
Ruhan men doimo sizla qolaman
SHERZODJON SHODMONOV SHUKHRATOVICH IJODIDAN
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев