Hech qachon to'lmagay dunyoning kami.
Bitmagay dunyoning tashvishu - g'ami.
Hammasi kelib ketadi vafosi qani.
Mehribonim deb erkalab qo'ying.
Onangizni bir quchoqlab qoying
Volidangizni rozi qilishni kozlab.
Barcha yaxshi-shirin so'zlarni so'zlab.
Injiqligingizga indamay chidaganin eslab.
Dunyo gamini bir chetga qoying.
Onangizni bir quchoqlab qoying.
Ajinlar ham qoplabdi oydek yuzini.
Tashvishin qilib o'g'il - qizini.
Ertaga topolmay qolmang izini.
Yonida bo'lib mehriga to'ying.
Onangizni bir quchoqlab qoying.
Ishoning ularsiz huvillab qolasiz.
Siz qanday farzandu qanday bolasiz.
Ham hotirjamlik-u savob olasiz.
Ollohga bir shukur aytib qoying.
Onangizni bir quchoqlab qo'ying
Mehrini sog'inganim aytib qoying.
Men uchun onamni quchoqlab qo'ying.
Umrzakoff_97
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев