Предыдущая публикация
Er-xotin oqshom so'rida o'tirishar edi. Xotin Afandiga marhum erini maqtadi. Afandi ham bunga javoban o'zining marhuma xotinini maqtadi-da, xotinini so'ridan itarib yubordi.
Ertasiga xotini otasiga voqeani aytib, Afandidan shikoyat qildi.
Qaynatasi kelib Afandidan so'radi:
— Nega qizimni so'ridan itarib yubordingiz?
— So'rida er-xotin ikkalamiz o'tirgan edik, — dedi Afandi, — mening marhuma xotinim, qizingizning marhum erlari qo'shilib, to'rt kishi bo'ldik. So'ri torlik qilib, qizingiz yiqilib tushdi.
http://odnoklassniki.ru/group/52022414737581
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5