Saylovchilar bilan yig’inlarda ham 81 yoshli prezident poygani tark etmasligini, Donald Trampni mag’lub etishga qodir ekanini aytmoqda.
O’tgan oy Tramp bilan kechgan ilk teledebatda Bayden poyintar-soyintar gapirganini safarlardan charchagani, shuningdek, debatdan oldin shamollagani bilan izohlamoqda.
Sizni poygadan chiqishga nima yoki kim ko’ndira oladi, degan savolga Bayden “faqat Tangrim meni ko’ndira oladi”, deya javob berdi. Prezident kognitiv testdan o’tib, natijasini xalqqa ko'rsatish taklifini rad etdi.
“Har kuni kognitiv testdan o’taman. Qilayotgan barcha ishlarimning o’zi test”, - deydi AQSh rahbari.
Baydenning aksariyat partiyadoshlari uni qo’llab-quvvatlamoqda, ammo ayrim demokrat qonunchilar uni nomzodlikni Vitse-prezident Kamala Harrisga topshirishga undamoqda.
📷 Reuters, ABC, AP, AFP
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев