Bu haqda ShHTning 3-4-iyul kunlari Qozog'iston mezbonlik qilayotgan sammitida Prezident Qosim-Jo'mart To'qayev ma'lum qildi.
Joriy yil ShHTga raislik qilayotgan Qozog'iston rahbarining ta'kidlashicha, Belarus tashkilotga a'zolik uchun lozim bo'lgan barcha shartlarni qisqa muddat ichida amalga oshirishga muvaffaq bo'lgan.
Shu tariqa, ShHTga a'zo mamlakatlar soni o'ntaga yetgan. Shu paytgacha unga Xitoy, Rossiya,, Hindiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Eron, Pokiston, O'zbekiston va Tojikiston a'zo edi.
Belarus 2010-yildan ShHTga hamkor, 2015-yildan esa kuzatuvchi maqomida bo'lgan. Ayni damda yagona kuzatuvchi davlat sifatida Mongoliya sammitda qatnashadi.
Afg'oniston 2012-yildan kuzatuvchi davlat maqomini olgan. Biroq 2021-yildan hokimiyatga kelgan Tolibon BMTga a'zo mamlakatlarning birortasi tomonidan rasman tan olinmagan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев