Ularning 660 nafari Misr, 165 nafari Indoneziya, 98 nafari Hindiston, shuningdek, Pokiston, Iordaniya, Tunis, Marokash, Jazoir, Malayziya va boshqa davlatlardan.
Saudiya hukumati bayonotiga ko’ra, o’lganlarning aksariyatini haj ziyoratiga ruxsatsiz kelganlar tashkil etadi. Ular oftobda, harorat 51,8 gradusga yetgan issiqda o’nlab kilometr masofani piyoda bosib o’tgan.
Misr hukumati ziyoratchilarni noto’g’ri turdagi viza bilan Makkaga jo’natganlikda ayblab, 16 turfirmani litsenziyadan ayirdi. Turnisda diniy ishlar vaziri ishdan olindi.
Bu yili haj amalini ado etish uchun Makka shahriga 1,8 million musulmon yig’ildi, shundan 1,6 millioni xorijliklar.
Haj paytida ilgari ham noxush holatlar yuzgan bergan. 1990-yilgi tiqilinchda 1426 kishi, 2015-yilda 2400 ziyoratchi o’lgan edi.
📷 AFP, AP
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4