Предыдущая публикация
Unutolmayman.
Xayolimdan ketmaysan sira.
Hamma narsa seni eslatar,
Go‘yo borliq sendan xotira.
Nima qilay? Unutolmayman,
Imkon bermas hatto uyqular.
Qulog‘imda jaranglar hamon,
Men yig‘lasam o‘sha kulgular.
Nima qilay? Unutolmayman,
Izlaring bor, yursam yo‘limda.
O‘qiy-o‘qiy titilib ketdi,
Maktublaring mening qo‘limda.
Nima qilay? Unutolmayman,
Irodamdan qilaman nafrat.
Gunohim ko‘pmidi shunchalar,
Mahkummanmi, hijronga abad?
Nima qilay? Unutolmayman,
Yetolmayman manziling yiroq.
Taqdirga tan bera qolmayman,
Bu qanday kuch? Bilmayman biroq.
Nima qilay? Unutolmasam,
Hasratlarni qilolmasam bas.
Axir qanday unutib yashay,
Yoding bilan olaman nafas...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1