. .
Mayli uyda yuraver öynab.
Qaynar ishqim, buloqday qaynab.
Ostonadan chiqqin sal öylab.
Römolingni örab ol xotin.
Dilga mador bol-shakar sözing.
Kech kelganda qisilar közing
Pazandamsan, farishtam özing.
Közlarimga qarab ol xotin.
Men bir daraxt sen menga soya.
Men qir bölsam sen tirgak, qoya.
Ne tusaydi könglingiz deya.
Köngil uchun sörab qöy xotin.
Men robotman ertadan to kech.
Dam olishni bilmadimda hech.
Oila dedim men isigan pech.
Muruvvatim burab qöy xotin.
Kimdir kuldi, maqtadi birov.
Uyda mumsan köchada olov.
Sochlarimga qönganda qirov.
Kumushlarni kurab qöy xotin.
Choyxonada ötiray yayrab.
Telfon qilma tinmayin sayrab.
Uyga kelsam tishlaring qayrab.
Yiqilganda suyab qöy xotin.
Boshim toshdan könglim ukpardan.
Böyning, qöling böshamas zardan.
Döqillatgan choying, zaxardan.
Tomog'imga tirab qöy xotin.
Davlat ishi ne böladi deb.
Bozor ishin körma menga ep.
Shukur qilsang shu oilaga zeb.
Shularni bir dastlab qöy xotin.
Bir pog'ona pastlab qöy xotin.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 24
ЯХШИ ГАПЛАР ЧИК'АДИДА А..............
ШУ ШЕРНИ ЁЗГАН ОДАМГАДА АЛБАТТА