Uning ruhini uyg'otdi: "Ey, banda, sen umringda zarra gunoh qilmading. Bas, yur senga jannat eshiklari ochiq. Men tomon 4 qadam tashlasang kifoya!" Ruh tanadan qozg'aldi. U tomirlariga turli tibbiy asboblar ulangan, oppoq choyshablarga burkangan oz tanasiga bir zum termulib qoldi. Keyin indamay farishta tomonga bir qadam tashladi. Shunda uning ortidan yig'i ovozi eshitildi. "Bu kimning yig'isi?",- farishtadan soradi ruh. "Bu sening eng yaqin dosting. U ening olimingdan 3 kun shunday yig'laydi". Ruh Allohdan dostiga uzoq umr soradi va farishta tomon yana bir qadam tashladi. Shunda uning ortidan avvalgidan kuchliroq boshqa bir yig'i ovozi eshitildi. "Bu kimning yig'isi?", - farishtadan soradi ruh. "Bu sening ayoling. U olimingdan 40 kun shunday yig'laydi". Ruh Allohdan ayoliga sabr-u saodat tiladi va farishta tomon yana bir qadam tashladi. Shu mahalda unga jannat eshiklari zohir boldi. Ruh jannat gozalliklaridan lol qolib bir zum toxtab qoldi. Shunda uning ortidan boyagilaridan on chandon dardli yig'i eshitildi. "Bu kimning yig'isi?",- farishtadan soradi ruh. "Bu sening onang. U olimingdan umrining songigacha shunday yig'laydi". Ruh bir ortiga qaradi, bir jannat tomon qaradi. Song farishtadan soradi: "Men sen b-n ketishni xohlamasamchi?" "U holda senga yana jannatga kirish imkoni berilmasligi mumkin!" Ruh ortidan eshitilayotgan yurakni ortovchi g'amli yig'iga bir muddat quloq tutdi va dedi: "Agar ortga qaytmasam, qiyomat kunigacha onamning yig'isi quloqlarim ostida boladi. Axir qanday qilib onamni bu holida tashlab ketaman? Men ketmayman!" Ruh ortiga uch qadam tashladi. Farishta g'oyib boldi. Ruh tanaga qaytib kirdi. "Yurak ura boshladi!",- qolida elektroshok moslamasini ushlab turgan oq xalatli doktor hayajonlanib baqirdi shu payt...!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1