yog'ishidan uyg'onib ketdim. Deraza
yoniga
keldimda, yana o'sha kunlarni eslay
boshladim. Bundan 5 yil oldin moviy
közli, chiroyligina
qizaloq
edim. Qayg'u nimaligini bilmasdim.
O'sha kechasi
sochlarimni tuni bilan jingalak qilib
chiqdim.
Chunki ertaga dugonamni tug'ilgan
kuni edi. Dars
tugagach kafeda o'tirmoqchiydik.
Sochimni jingalak qilib turmaklashni
yoqtirardim. Ertalab
uyg'onganimda jahim chiqib ketdi:
"Obbo yomg'ir
yog'ayapti, sochlarim turmagi
buzulib ketadiku!"
Keyin darsga kech qolayotganim
yodimga tushib
qoldi. Shosha-pisha kiyindim, baland
poshnali
tufligimni kiydim-u liftni chaqirdim.
Obbo, lift ishlamayaptiku. 7-etajdan
taqillab tusha
boshladim. Ko'chaga chiqqach
sumkamni ochdim.
Uff, soyabonim ham qolib ketibdiku.
7-etajga yana
qayta chiqishni öylasam yuragim
orqaga tortdi.
Nima qilishga boshim qotib turganda
tog'rimdagi
qip-qizil soyabon hayolimni böldi. Bir
yigit qip- qizil soyabon tutib shosha-
pisha ötib ketardi.
Ichimda tovba, yigitlar ham qizil
soyabon
tutarkanmi deya hayron qoldimu
ortidan tezda
yugurib yetvoldim. -Iltimos yo'lni
boshigacha siz
bilan borib olay, soyabonm uyda
qolibdi. 7- etajga
chiqishga erindim dedim. U bo'lsa
g'alati qo'pollik bilan mayli dedi.
Uning qilgan
qo'polligiga yana jahlim chiqdi.
Bugun qanaqa kun
bo'ldi o'zi, ertalabdan dilxiralik.
Yigitning yonida
jim ketarkanman, qiziquvchanlik
kasalim xuruj
qilib qoldi: - Nega qip-qizil soyabon
tutib oldiz,-
deb söradim. U bo'lsa: -Shuning
uchun ham ertalabdan asabim
tarang, kichkina singlim bor.
Maktabiga soyabonimni olib
ketibdiyu, menga jajji
maktubcha bilan shu soyabonni
tashlab ketibdi,-
dedi. Qiziqib maktubchada nima
yozilgan ekan
deb söradim. - Kechqurun menga
shirinlik olib
kelmaganiz uchun jazo sifatida
soyabonigizni olib ketdim,
o'zimnikini qoldirdim. Agar yana
shirinlik
olib kelmasaiz, ertaga telefonizni
bekitib ketaman
deb yozibdi. Kulib yubordim, singliz
judayam
sho'x ekan dedim. U ham jilmaydi.
Shunda uning
yuziga boqdim-u yuragim jizillab
ketdi. U juda
yoqimtoy edi. Shu payt uning
telefoni jiringlay boshladi. Qizig'i
aynan mening telefonimga
qo'yilgan
musiqa edi. Kimdir bilan gaplashdida
shoshgancha qo'limga soyaboni
tutqazdi: -
Kechasi bilan sochingizni jingalak
qilib
chiqgandiz. Yomg'ir yuvib ketmasin,-
jilmaygancha shoshib yugurib ketib
qoldi. Ortidan
esa hayron bo'lgancha qolaverdim.
"Nima?
Kechasi bilan dedimi? U qayerdan
bila qoldi?" Shu
kundan boshlab u hayolimdan
ketmay qoldi. Uni
qaysi uyda turishini derazamdan
qidira boshladim.
Aniqki u meni kuzatadi, demak
menga befarq emas. Yuragim
quvonib ketardi uni o'ylasam. Shu
kundan boshlab uning qip- qizil
soyabonini
yonimda olib yuradigan böldim. Bir
kuni uni
egasiga qaytib berishni xohlardim.
Har lahza uni
qidirardim. Bir kuni har doimgidek
o'qishdan
qaytayotsam, uyim oldida bir yigit
turardi. Yuragim tez ura boshladi.
Chunki bu o'sha yigit
edi. Yoniga nimagadir uyalib
yaqinlashdim. Bir-
birimizga qarab soyabon degan
so'zni birga aytib
yubordik. Keyin yana birga kulib
yubordik. So'ng
sumkamni ochdimda, soyabonni
qo'liga
tutqazdim. Rahmat aytdim. U bo'lsa,
iltimos telefoniz berib turing dedi.
Nima uchun
so'rayotganini bilsam ham berdim.
Kimgadir
qo'ng'iroq qildida, tezda qaytarib
berdi. So'ng
xayrlashdik. Uyga chiqdimda
qo'ng'iroq qilishini
intizorlik bilan kuta boshladim. Sms
habar keldi:
"Salom men bir bemorman, menga
sizni bo'lajak doktor deb aytishdi.
Yordamingiz kerak". Smsni
o'qib quvonib ketdim, bilardim bu
o'sha yigit edi.
So'ng javob yozdim: "Qanaqa og'ir
dard ekanki,
bölajak doktor yordam berishi shart
bölsa?",-
javob
yozdim. So'ng u: "Qanaqa dardligini
bilmayman, lekin na uxlagani qöyadi,
na uxlamaslikka. Na
ishlagani qöyadi, na ishlamaslikka.
Yordam bering
qiynalib ketdim". Men: "Balki
yomg'irli kunda
soyabonizni kimlargadir berib, öziz
shu tufayli
kasal bölib qolgandirsiz?" U:
"Tanamga qancha
sovuq tomchilar tushsa ham mayli
edi, ammo ösha kunda "u" tufayli
yuragimga yomg'irlar
yog'di".Men: "Kim ekan u dilozor?" U:
"Siz..." Nima
deb
javob yozishni bilmay qoldim. Shu
qadar
quvonardimki, yuragim dukurini aniq
eshitib
turardim. Biroz ötgach undan yana
sms keldi: "Yaxshi doktor bemorini
kuttirib qöymaydi". Men:
"Qanaqa dori berish haqida öylab
qoldim" U:
"Qanaqa dori bersaiz ham mayli.
Faqat sizni dori
bilan ertaga uyimiz oldidagi
xiyobonda kutaman".
Keyin ertangi kun ham keldi.
Do'konga kirdimda
jajji yurakcha sotib oldim. Xiyobonga
bordim. U kutib ötirgan ekan. Yoniga
borib uni berdim. U
bo'lsa bunaqa soxta yurakga
tuzalmayman,
menga haqiqiysi kerak dedi. Jimgina
jilmaydim
so'ng u shunday dedi: - Men seni
sevaman!
Telbalarcha! Seni 4 oydan beri
kuzataman, ammo
so'z ochishga juratim yetmasdi. Nima
ham deya olardim. Uyalib jim
turaverdim. U sözlashda
davom etdi: -Bu yerga ko'chib
kelganimizdan beri
seni kuzataman. Sen ertaklardagi
erka
malikalarga öxshaysan... Shu kundan
e'tiboran
uchrasha boshladik. Ularsiz özimni
soniya ham
tasavur qilishim qiyin bölib qoldi.
Sevgi bu kimnidir özingdan ortiq
yaxshi körishing,
unga joningni ham berishga tayyor
bölishinga va
usiz hayotni tasavvur qila
olmasliging bölsa, men
judayam qattiq sevib qolgandim. Ular
shu qadar
katta baxt berayotgandiki, umrbod
tugamaydi bu
baxt deb öylardim. Ammo bir yil
ötmay ayrildik. Doimgidek uchrashuv
joyimizda Tohir akamni
kutardim. Ular keldilarda ha yöq, be
yöq nafrat
bilan yuzimga tarsaki tushirdilar.
Holsiz yerga
o'tirib qoldim, labimdan qon oqardi.
Shokda edim.
Ular esa g'azabdan yonayotgan
ko'zlari bilan
sendan nafratlanaman, seni bunday
deb o'ylamagandim, deb baqirib
yonimdan ketib
qoldilar. Aqldan ozayozdm. Nima
bo'lganini,
aybim nimaligini bilmasdan, hech
narsaga
tushunolmasdim. Telefon qildim,
o'chirilgan. Har
kuni kutdim, kelmasdilar. Necha
marotaba
ko'chada ko'rdim, yonlariga borsam,
jerkib berdilar. Nima bo'lganini
so'rasam faqat jazavaga
tushardilar. Yonlariga borishga
qo'rqib ham
qolgandim. Hech bir nojöya ish
qilmagandim.
Kimdandir yomon gaplar eshitgandir
deb, menga
ham bu ishlari og'ir botdi. Dilim
og'rirdi. Kunlar
o'ta boshladi. Uyimga sovchilar
kelishdan to'xtamas, uyimdagilar
bölsa qistovga olishardi.
Nima qilishni bilmay qolgandim.
Oxiri otam
sevganing bo'lsa ayt yoki men aytgan
odamga
turmushga chiqasan deb shart
qo'ydilar. Yurak
yutib yana Toxir akamni
ishxonalariga bordim.
Shu so'zlarni aytmoqchiydim. Ammo
ishxonalarida meni ko'rib hammani
oldida menga
baqirib, so'ka boshladilar.
Közlarimdan tirqirab
yosh chiqib ketdi. Azbaroyi
sevganimdan, ularni
yöqotishdan qörqqanimdan,
gunohim bölmasa
ham yonlariga kelgandim. Zarracha
qadrim yöq
ekan. Yuragimni nayza teshib
ötgandek böldi. Qo'limga tushgan
narsani Toxir akamga otdim.
Boshlariga tegib o'tirib qoldilar.
Yig'lab baqirdim:
-Sizga nima bo'ldi? Tushuntirsangiz
bo'lmaydimi.
Nega haqorat qilasiz? Aybim nima,-
dedim. Ular
bo'lsalar ko'zimga ko'rinma, yo'qol,
deb
baqirdilar. Alam ustida otamni
shartiga rozi bo'ldim. Bir oyga
bormay turmushga chiqdim.
O'zimga men albatta baxtli bo'laman
deb va'da
berdim. Xomiladorligimi eshitgach,
qizlik uyimga
xushxabar aytgani bordim. Uyda
o'tirarkanman
eshik taqilladi. Onam yonimga
keldilarda qizim,
seni tashqarida bir qizcha sörayapti,
dedilar. Kim ekan deb qiziqib
tashqariga chiqdim. Eshigimiz
tashqarisida 12 yoshlar atrofidagi
qizaloq
ko'zlarida yosh bilan turardi. -Siz
Dildoramisiz?
Qizcha titragan ovoz bilan söradi
mendan... Ha
deb, uyga taklif qildim. U shunday
dedi: -Vaqt
yo'q. Iltimos, men bilan yuring. Men
Tohir akaning singlisiman, meni ular
yubordilar, sizda
gaplari bor ekan. Uyga yuring,- dedi.
Hayron
qoldim. Qizaloqqa men hech qayerga
bormayman,
akangga shu gapimni ayt dedim. U
yig'lab
yubordi:-Akam o'lmoqchilar... Ösha
qizni olib
kelguningcha o'lmay turaman,
dedilar. Sizda gaplari bor ekan.
Qiynalib ketdilar, yonlariga
boring. Iltimos opajon, yuraqoling,
sizga gaplarini
aytsinlar... 7-etajdan tushgunimcha
beixtiyor
ko'zlarim yoshlandi. Uning xotirasi
yuragimning
tub- tubida hamon yashamoqda edi.
Qizchaning
aytgan "Akam ölyapti" degan
sözlarini hazm qilolmasdim. Tög'ri
ulardan özimcha nafratlandim,
unutaman dedim. Lekin qölimdan
kelmagandi...
Shu hayollar bilan yetib bordik. Ularni
ko'rib
tanimay qoldim. Ranglari oqarib
ketgan, bir
ahvolda edilar. Meni körib judayam
ojiz ovozda
salomlashdilar. Meni
yig'layotganimni körib, meni kechir
dedilar. Keyin qölimga daftar
tutqazdilar: -
Dildor, seni oldingda judayam katta
gunoh qildim.
Lekin sira istamagandim, bu
daftardagi yozuvlarni
öqib özing tushunib olarsan. Xayr,
baxtli böl.
Közlarini yumib oldilar. Yuzlariga
bilinar- bilinmas
yosh sizdi. Qizcha meni kuzatib qöydi.
Eshikdan chiqqan zahotim, ichkaridan
alamli faryod ovozlari
eshitildi. Yuragim töxtab qoldi göyo.
Közlarimni
yumib oldim: "Yöq!" Oradan qancha
vaqt ötdi
bilmayman. Xiyobondagi öz
"joyimiz"ga qanday
kelib qolganimni ham bilmayman.
Juda azobli
dard yuragimni ezardi. Qölimdagi
mahkam siqimlab olgan daftarni
ochdim. Satrlar böylab
köz yugurtirarkanman yuzlarimni köz
yoshlar
yuvardi: "Uning ismini bilmayman.
Ammo uyining
derazasi yangi uyimiz derazasining
qarshisida. U
har tongda shu yerdan köchaga
qaraydi. Ayrim
vaqtda qöshiq kuylab raqsga tushadi.
Aftidan uni kuzatishimni bilmasa
kerak..." "Uning közlari
moviy ekan. Ovozi ham shirali.
Birinchi marta
yaqiniga yöladim. U e'tibor qilmadi.
Ha,
aytgancha ismi Dildora ekan. Ajoyiba?
Dildora -
moviy közli gözal malika..." "Uyqum
kelmayapti...
Uning ham derazasida chiroq yoniq.
Adashmasam, sochlarini
turmaklayapti. Obbo,
erkatoy, sochlaring shundog'am juda
chiroyli,
menga yoqadi. Ha, bu gaplarni
albatta u
eshitmaydi. Hozircha, mashq
qilyapman. Bir kun
öziga ham aytaman. Albatta
aytaman..." "Yomg'ir
bevaqt yog'di deb öylagandim. Yöq,
yaxshiyam yog'ibdi. Qizil soyabonga
kunim qolganidan
xunob
edim, lekin soyabon tufayli u bilan
tanishib oldim.
Yashasin, bevaqt yog'gan yomg'ir..."
"Soyabonni
borsam olgani, Bir gap bölar keyin
qolgani...
Dildor, qara ishqingda shoir bölib
ketyapman. Tög'ri, hozircha qayeridir
she'rga öxshamayapti.
Lekin boshlanishi uchun yomon
emas, shunday
emasmi? Xullas tun-u kun
hayolimdasan. Sehrlab
qöyding shekilli. Lekin bu yoqimli..."
"Nomering
ham özingga öxshagan, odamni
yaqiniga yölagani
yuragi dov bermaydi. Qöng'iroq qilib
senga nima deyman? Özi
shundog'am hayajondan boshim
aylanib ketyapti. Yaxshi, bir, ikki, uch,
birinchi sms
ni qabul qilvol malikam..." "Oq köylak,
qora
shimda... Lya-lya-lya. Yaxshi
qöshiqda. Bugun
malikam, senga sevgi izhor qilaman.
Qarab turgin,
rad etolmaydigan izhor qilaman..."
".................. Nuqtalar, baxtni yozib
bölarmidi? Dildor! Seni
judayam, judayam, yana judayam
sevaman..."
".................. Nuqtalar... Dardni ham
yozib
bölmas ekan. Dildor, bir qara taqdir
ishiga.
Nohaqlik qilyapti u. Nima ekan, irsiy
kasal
emishman. Köp ötmay ölarkanman.
Kulguli a? Kulyapmanmi?
Yig'layapmanmi? Endi nima farqi
bor? Hammasi oydinku. Seni topdim
deganimda,
bunday bölmasligi kerak edi. Eh,
malikam, baxtli
bölish menga emas ekan.
Nafratlanaman
hayotdan..." "Kechir, senga qöl
kötargan öladi
degandima? Sözim söz, malikam. U
öladi. Faqat uni deb qiynalmasliklari
kerak. Sen undan
nafratlanishing kerak. Alamzadalik,
nafrat,
umidsizlik... Dildor, qara ishqingda
aktyor bölib
ketyapman. Umuman men yaxshi
odam edim.
Kulma, malikam. Hada, sen uchun
shoir,
qöshiqchi, aktyor böla oladigan,
jonidan ziyoda seva oladigan
tentakni yana topa olarmikinsan...
Afsuski, ölimga kuchim yetmayapti.
Har tongda
ismingni aytib uyg'onaman. Yana
necha kun?
Bilmayman Dildor, eshityapsanmi
bilmayman.
Bilishga qörqaman ham. Qaniydi yana
bir
martagina imkon berishsa..."
"Boshimdan qon oqayapti, sen esa
ketib qolding. Dildor, hech
qursa bir marta qayrilib
qaramadingga... Yöq,
xafamasman. Shunchaki alam
qilyapti. Mayli,
chidayman... Faqat endi Dildora va
"baxt" sözlari
doim birgalikda tilga olinishi kerak..."
"Mening
malikam baribir dunyoda bittada. Oq
libos faqat sen uchun yaratilgan
bölsa kerak. Yig'ladingmi
malikam, köp yig'lading. Ota-ona
uyini tashlab
ketayotganing uchun a? Qara, Dildor,
hasta
oshig'ing ham yig'layapti. Uning
uchun derazadan
qarab kulib turuvchi moviy közli
erkatoy malikani
körish yana nasib qilarmikin..."
"Nazarimda, sanoq oxirlashib qoldi.
Oxirgi bor qölimga qalam
olyapman. Malikam, men balki
ölarman, lekin
albatta tushlaringga kiraman.
Tushingda biz birga
bölamiz. Qasrimiz böladi. Sen unda
malika
bölasan. Menmi? Menga shunday
katta qasrda
biror kichkina lavozim topilib qolar.
Yozuvlarni öqishingni istayman.
Bevaqt yog'gan yomg'ir
bizni uchrashtirgandi. Ehtimol, seni
jondan ortiq
sevgan bir tentakning xotirasi uchun
har safar
bevaqt yomg'ir yog'ganida uni bir
martagina
eslab jilmayib qöyarsan. Alvido... Seni
ölgunicha
sevgan Tohir...." Öshandan beri 5 yil
vaqt ötgan. Tohir akam va'dalarini
bajardilar. Tez-tez
tushimga kiradilar. Qasrimiz böladi
tushimda...
Hozir farzandim bor. Ismi Tohir...
Kichkina hali 4
yoshda. Men esa har safar bevaqt
yog'gan
yomg'ir mahali ularni eslab turaman.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 12
Salom sevgim malikasi, qalbim bekasi yuragimda senga bölgan cheksiz sevgim yana bir bor senga maktub yozmoqlikka majbur ayladi. Bilaman bu maktublarim senga hech qachon yetib bormaydi, lekin bu maktublar menga oz bölsada tasalli beradi, senga maktub yozayotganimda ösha menga tanish bölgan yoqimli töyg'ularni yurak yuragimdan his qilaman. Vaqt-unutishning eng yaxshi davosi deyishadi lekin men bu fikrga qöshilmayman vaqt ötgani sayin mening senga bölgan armonli sevgi otashi alanga olsa oldiki zarracha sönmadi.
Bugun va nihoyat besh yil deganda g'ururni chetga qöyib men uchun qadrli bölgan ösha telefon raqamni terdim göshakni esa sen kötarding, sening yoqimli ovozingni eshitib bir muddat tilim kalimaga tilim kalimaga kelmay qoldi, faqatgina allo deya oldim xalos, sening tanib olishing uchun allo deyishim kifoya qildi,
-ey Xudo deya afsuslanding. Nechun bunday deding tushuna olmadim, ovozingda esa qandaydir dilxuftonlik ufurib turardi. Meni xursand qilgan yag...ЕщёSevgilimga maktub
Salom sevgim malikasi, qalbim bekasi yuragimda senga bölgan cheksiz sevgim yana bir bor senga maktub yozmoqlikka majbur ayladi. Bilaman bu maktublarim senga hech qachon yetib bormaydi, lekin bu maktublar menga oz bölsada tasalli beradi, senga maktub yozayotganimda ösha menga tanish bölgan yoqimli töyg'ularni yurak yuragimdan his qilaman. Vaqt-unutishning eng yaxshi davosi deyishadi lekin men bu fikrga qöshilmayman vaqt ötgani sayin mening senga bölgan armonli sevgi otashi alanga olsa oldiki zarracha sönmadi.
Bugun va nihoyat besh yil deganda g'ururni chetga qöyib men uchun qadrli bölgan ösha telefon raqamni terdim göshakni esa sen kötarding, sening yoqimli ovozingni eshitib bir muddat tilim kalimaga tilim kalimaga kelmay qoldi, faqatgina allo deya oldim xalos, sening tanib olishing uchun allo deyishim kifoya qildi,
-ey Xudo deya afsuslanding. Nechun bunday deding tushuna olmadim, ovozingda esa qandaydir dilxuftonlik ufurib turardi. Meni xursand qilgan yagona ilinj xali ham ovozimni unutmabsan. Men bilan shunchalar sovuq gaplashdingki öz-özimdan nafratlanib ketdim. Sening qalbinga bu qadar ozor berganmidim? bu savolga ham javob berish amrimahol aniqrog'i yana bir javobsiz savol.
Ovozingni eshitdimu vujudim va ruhim allanechuk ham faraxli ham azobli tuyg'ularni his etdi.
Bugun menga befarq bölgan bu OVOZ avvallari meni BEGIM deya chaqirar edi, meni quvontirish uchun she'rlar öqirdi, va qöshiqlar kuylardi,
Nahotki inson shunchalar özgarishi mumkin bölsa.
GULIM meni rostdan ham unutdingmi? Unutgan bölsang menga ham örgat unutishni.
Gulim senga aytajak gaplarim juda ham köp edi, sen bilan telefondagi suhbatimiz shu qadar qisqa böldiki aytajaklarimni aytishga ulgurmadim. Endi menda bunday imkoniyat bölmasa kerak , lekin men umid bilan yashayman, köramiz mening sevgim kuchlimi? Yoki sening nafrating? Deb sening majnuni zoring.
(Bu maktub YULDUZ ismli qizga atalgan balki u ham ijtimoiy tarmoq orqali bu maktubni öqib qolar)