Dard bilan olishayotgan bolajonlarni ko'rib rahming keladi. Har ignani sanchganimizda oxirgi kuchini to'plab baqirishadi, yig'lashadi. Tashqarida esa umid bilan kutib turgan munis onalarning nigohi...
Bu holatlarga bardosh berish oson emas. Shunday kunlarning
birida bölimimizga ikki oylik chaqaloqni olib kelishdi. Ahvoli
juda- juda og'ir, umid yo'q deyishardi shifokorlar. Qo'limizdan kelgan barcha ishni qilardik. Lekin uning ahvoli sira ham önglanmas, tobora yashab
ketmasligi oydinlashib borardi.
Hammadan ham onasiga rahmim
kelardi. U chaqaloqning yonidan
bir qadam ham jilmas, hatto tunda ham uxlamasdan yig'lab
chiqardi. Uni qanchalik
yupatishga harakat qilmay qölimdan kelmasdi. Undagi dard
mening ham yuragimni siqardi.
Unga hammasi yaxshi bölishini ta'kidlasamda, özim ich-ichimdan
bunga ishonmasdim. Doktor ham oxir-oqibat onasiga hammasini qisqa qilib tushuntirdi: "Foydasi
yöq..."
Onasi yig'lolmadiyam,
bechoraning közida yoshlari ham
qolmagandek tuyulardi. Gödak
örnida közlarini yumgancha jim
yotar, nafas olayotganligi ham
bilinmasdi. 3-4 soatlik umri qolgandi. Bu begunoh gödak
keng dunyoga sig'masdi göyo.
Uning ham hamma qatori yashashga haqqi bor edi. Tog'dek
gunohlarini orqalab yurgan ne-ne insonlar sig'gan dunyoga hali
özining kimligini ham
bilmaydigan jajji gödak sig'mayotgandi. U ham siz-u bizdek onasini "oyi" deb
chaqirishi, uning qöllaridan tutib
ilk qadamlarini tashlashi mumkin
edi. Onasiga bir dunyo baxt hadya qilishi, hayotini shodlikka
töldirishi lozim edi. Ösha ondagi chaqaloqning ilojsizlikdan jimgina uxlashi ortida dunyo ahli kötarolmaydigan bir olam dard mujassamdek edi. Onasi esa bu yukni kötarib turar, uning bu holati barcha
kasalxonadagilarning dilini xira qilgandi. Shu onda onasi kravatga
engashib chaqaloqning yuz-
közlaridan öpib, quloqlariga
nimalardir deb pichirlay boshladi.
Vaqt ötib borar, onasi bu ishini töxtatmasdi. U bir-necha soat shu
ishni takrorladi. Ayrimlar xayrlashyapti dedi, ayrimlar uni
aqldan ozganga yöyishdi. Farzand
dog'i yomon böladi deyishadi.
Davomi o'qing shu sesslkaga bosib guruximizga qo'shiling. Hayotiy voqealar sherlar va statuslar faqat bizda. Gurux nomi
Siz mani hayotimsiz http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=51973906235468&_prevCmd=userAltGroups&tkn=7210
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев