Mana, kitob so’ngiga ham yetib keldik. Bugungi suhbatimiz barchamiz uchun kerak, ammo hammaga ham nasib etmagan ne’mat – baxt nima ekanligi haqida. Ammo u juda qisqa bo’ladi. Men sizga butun kitob davomida baxt nimaligini anglashingizga ko’maklashib, ko’plab sirlarni ochdim. Agar “Mening baxtim nima?” degan savolingiz hali ham javobsiz qolgan bo’lsa – mayli, unga javob topish uchun oxirgi sirni ochaman: kitobni qaytadan o’qib chiqing.
Siz bilan biz o’zlik sari ilk yetti qadamni tashladik. Bu uzoq yo’lning atigi boshlanishi, xolos. Oldinda sizni yanada qiziqarliroq subatlar, yana ham hayratlanarli sirlar kutmoqda. Har holda, men o’z baxtimni to’g’ri topgan bo’lsam – demak, siz bilan hali ko’p suhbatlashamiz. Ha-ha – mening baxtim siz bilan dildan suhbatlashish. O’zga odamning qalbiga oshno bo’lishdan ortiq baxt yo’q men uchun.
Rahmat sizga.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев