Seni o'ylab yashayman faqat.
Kutaverib, bo'lgan betoqat.
Sog'inchimni , qaytib ber.
Bir bor ko'rib sevgan seni.
Sen rad etding sevgim meni.
Hech bo'lmasa, olib ketgan.
Oromimni, qaytib ber.
Seni deb u mendan kechgan.
Sen deb g'amdan og'u ichgan.
Armonlarni maxkam quchgan.
Yuragimni, qaytib ber.
Unutganman, kulguni.
Shodlik degan tuyg'uni.
Shu kun senla birga ketgan.
Quvonchimni, qaytib ber.
Bugun balki men omon.
Lekin ertam dargumon.
Senga ishongan nodon.
Ishonchimni qaytib ber.
Qayoqda qoldi, ular.
Eslab g'amdan dil to'lar.
Sen kelsang gar, ushalar.
Orzularim, qaytib ber.
Bu ko'nglim qachon to'lsa.
Ko'zlarim qachon kulsa.
Ayt agar senda bo'lsa.
Ovunchimni, qaytib ber.
Ruhim kertgansan olib.
Go'yo tanamdan yulib.
Borarman sensiz so'nib.
Menga, meni qaytib ber.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев