Dunyodagi eng yaxshi ko`rgan insonim bilan
rosa yig`lashdik (hayron bo`layotgandirsiz-a?).
Ha, man jonimdan ortiq sevgan insonim mani
mandan-da kuchliroq sevadi, buni uning har
nafasidan sezib turaman. Uning so`zlari mani
yangidan hayotga keltiradi. Bitta telefondagi qo`ng`irog`imni qanchalik intiqlik ila kutishini,
mani o`ylab yig`lashini, mani deb hatto tunlaridan
bedor qolishini tasavvur ham qila
olmaysiz.................Man unga sovg`a qilgan arzimas
narsani ham hammaga doston qiladi, uni man
berganim bilan faxrlanadi, maning har bir muvaffaqiyatlarimdan boshi ko`kka
yetadi..........Undagi muhabbatni so`z bilan
ta'riflashning iloji bormikan? Mehr-muhabbatning
bundan ortiq ko`rinishi bormikan? Man esa uni u
ardoqlagandek ardoqlay olamanmi? Nega mansiz
yashay olmasligini, haftada atigi bir martagina qiladigan qo`ng`irog`imni intizor kutishini nega
his qilmayman? Yoki mani o`ylab yegani ichiga
tushmayotganligi, mudom yig`lashini nega
tushunmayman? Nega bir og`iz shirin so`zimni
undan qizg`onaman?....................Axir uning sha'niga
tonnalab olqish yog`dirsa arziydi-ku! Yoki shundayin ishbilarmon bo`lib ketdimmi?
Bahonani qarang: "Ishlar ko`payib ketib telefon
qila olmadim". U yoqdan javob keladi: "O`tgan
haftadan beri telefonga zor termulaman. Har bir
qong`iroqqa ilinj ila quloq tutaman, chorshanba
kutdim, shanba kutdim... telefon ham ko'zimga dunyodagi eng yomon maxluqdek ko`rinib
ketdi". Va nihoyat dushanba kuni telefon
qilaman: go`shakdan uning dunyoda tengsiz
ovozi eshitiladi. U yig`lar edi... Man ham
yig`ladim...Man sizni hammadan yaxshi ko`raman
- ONAJON
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=userPhoto&st.phoId=544716236399&_prevCmd=userPhotos&tkn=4345
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев