Предыдущая публикация
Unutolmayman,
Xayolimdan ketmaysan sira,
Hamma narsa seni eslatar, Go'yo
borliq sendan xotira. Nima qilay?
Unutolmayman, Imkon bermas
xatto uyqular, Qulog‘imda jaranglar
hamon, Men yig‘lasam o‘sha
kulgular. Nima qilay?
Unutolmayman, Izlaring bor,
yursam yo‘limda. O‘qiy-o‘qiy titilib
ketdi, Maktublaring mening
qo‘limda. Nima qilay?
Unutolmayman, Irodamdan
qilaman nafrat. Gunohim ko‘pmidi
shunchalar, Mahkummanmi,
hijronga abad? Nima qilay ?
Unutolmayman, Yetolmayman
manziling yiroq. Taqdirga tan bera
qolmayman, Bu qanday kuch?
Bilmayman biroq. Nima qilay?
Unutolmasam, Hasratlarni
qilolmasam bas. Axir qanday
unutib yashay, Yoding bilan
olaman nafas Bаlki
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1