Paynet qilib chiqsam o'g'lim yig'lab o'tiribdi.
-nima gap o'g'lim desam.
-dada anavini qarang dedi. Qarasam yo'l chetida kiyimlari eski bir kampir taxta ustiga u-bu qo'yib sotib o'tirgan ekan.
-narsalarini qarang.
Qarasam 2-3 pochka donali sigaret yana bir salafanda ozgina nos boshqa xech narsa yo'q.
-xo'sh nima qilibdi desam
-uni o'g'li yo'qmi? nimaga bu xolga solgan? balki qorni ochdur. Dedida darxol ruchnoy tormoz oldidagi pulni ushladi.
-dada keling shu pullarni anashu kampirga beraylik? Dedi.
Nixoyatda ta'sirlanib ketdimda darxol pullarni xaligi kampirga olib borib berdim. Kampir lol-xayron bo'lib qoldi. Nimaga? degan savoliga kulib: -shu pullarni sizga ilingan insonni duo qilib qo'ysangiz bo'ldi dedim. Xaligi kampir yig'lab yubordi va duo qildi. -iloxo o'sha insonni umriga kuniga baraka bersin. BaxTli bo'lsin. Ollox mukofotlasin... Deb duo qilganda meni axvolimni ko'ring edi. Ichlarim jimirlab ketdi. Mashinaga qaytib yo'lga chiqdik. O'g'lim menga qarab, kulub -zo'r ish qildiga dada? Dedi. Men lom-lum demasdan ketdim. Chunki ko'zlarimda yosh ichimda "menga shunday farzant bergan Xudoyimga shukur" deb yig'lab ketayotgandim...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1