Pariqush
Bir zamonlar bir
podsho o'tgan ekan-u,
uning uchta o'g'li bo'lgan ekan.
Podsho
qarib oxiri ko'r bo'lib qolibdi. Saroydagi
azayimxonlar qanchalik o'qimasin,
tabiblar
qanchalik parvarishlamasin, shohning
ko'zi ochilmabdi. Ana shunda podsho
katta o'g'lini huzuriga chaqirib shunday
debdi:
— O'g'lim, yo'lga otlan, ko'zimni
ochadigan shifobaxsh narsani topib
kel.
— Otajon,— deb javob beribdi katta o'g'il.
— Qayoqqayam bora olardim, shu
yoshga
kelib uydan bir qadam ham jilmagan
bo'lsam.
— Mening otimning tuyog'i tegmagan yerlarga
bor. O'sha yerlarning bir siqim
tuprog'i dardimga shifo bo'ladi.
Katta shahzoda otasining huzuridan
chiqib
otga minibdi-yu, hayyo-huv deb
yo'lga tushibdi. Shahzoda yo'l yuribdi, yo'l
yursayam mo'l yuribdi-da, oxiri bir
sahroga
yetib boribdi. Sahroning o'rtasida bir
chashma bormish, uning tepasida esa
qurigan daraxt turganmish. — Qiziq, — hayron
bo'libdi shahzoda.
—
Tagida suv bo'lsa-yu, daraxt qurib
yotsa.
Bir oz uxlab hordiq chiqaray desam
soyasiyam yo'q- Shahzoda chakmonini
daraxtga
tashlab,
soyasida uyquga ketibdi. Bir mahal
shahzoda uyg'onib qarasa, daraxt
ko'karib
ketibdi, shoxlarida choynakday- choynakday
keladigan olmalar pishib
yotganmish.
«Shu olmalardan bittasini otamga olib
boraman, uning bu yerlarda
bo'lmagani
aniq», deb o'ylabdi shahzoda. Keyin
xurjunning ikkala ko'zini
olmaga,
ko'zasini suvga to'ldiribdi-yu, orqaga
qaytibdi.
Podshoning mulozimlari shahzoda
qaytib kelgani haqidagi xabarni unga
quvonch
bilan yetkazishibdi. Podsho bo'lsa:
«0'g'limning qaytib kelgani rost, lekin
quruq qo'l bilan qaytib keldi-da»,
debdi xo'rsinib.
Shahzoda otasining huzuriga kirib
ta'zim
qilib turibdi.
— Qani, o'g'lim, gapir-chi, uzoqlarga
bordingmi? — Otajon, — deb javob beribdi
o'g'li,
—
men siz tugul, ota-bobolaringizning
ham
qadami yetmagan joylarga bordim.
— Gapirsang-chi, qayerlarda bo'lding axir?
— Men uzoq bir sahrodagi chashmaga
bordim...
— Shoshma, — gapdan to'xtatibdi
otasi, —
u yog'ini o'zim aytib bera qolay. O'sha
chashmaning tepasida qurigan daraxt
bo'lgan. Sen chakmoningni daraxtga
tashlagansan-u, uyquga ketgansan.
Uyqudan turib qarasang, daraxt
ko'karib
ketgan, uning shoxlarida esa olmalar pishib
yotibdi, shundaymi?
— Ha, topdingiz.
— O'g'lim, — debdi podsho, — men
o'sha
chashmada tushlik qilardim-da, kechki
ovqatga uyga yetib kelardim. Boraver,
olmalaring menga shifo bo'lmaydi.
Podsho huzuriga o'rtancha o'g'ilni
chaqirib
kelishibdi. Endi navbat senga, — debdi
podsho.
— Otajon! — debdi o'rtancha o'g'il. — Katta
akam uddalay olmagan ish mening
qo'limdan ke-larmidi?
— Borasan, tamom-vassalom, —
debdi
podsho xo'rsinib. O'rtancha o'g'il ota-sining
huzuridan
chiqibdi-yu, yo'lga tushibdi. U ham yo'l
yuribdi, yo'l yursayam mo'l yuribdi.
Oxiri
akasi borgan chashmaga yetib
kelibdi-yu, undan o'tib ketibdi. Nihoyat bir
tepaga
yetib boribdi. Bu tepa oddiy tepa
bo'lmay,
uning hamma yog'i zumrad, olmos
kabi
qimmatbaho toshlardan iborat ekan.
«Otamning bu yerlarda bo'lmagani
aniq, —
deb o'ylabdi o'rtancha o'g'il. — Kelgan
bo'lganda xazinasi boyib ketgan
bo'lardi».
U xurjunning ikkala ko'zini qimmatbaho
toshlarga to'ldiribdi-yu, orqasiga
qaytibdi.
Yanashohning xizmatkorlari unga
o'g'ling
qaytib keldi, degan quvonchli xabarni
yetkazishibdi. Shoh: «Qaytib kelishga
keldi-ya, lekin quruq qo'l bilan qaytib
keldi-da», deb xo'rsinib qo'yibdi.
O'rtancha o'g'il otasining huzuriga
kiribdi-
yu, ta'zim qilib qo'lini o'pibdi. Shoh o'g'lini
quchibdi.
— Qani, o'g'lim, so'zla-chi, qaysi
yurtlarga
hording?
— Otajon, — debdi o'rtancha o'g'il, — men
nafaqat siz, balki ota-bobolaringizning
ham qadami tegmagan joylarga
bordim.
— Xo'sh, qayerlarga hording?
— Men yura-yura bir tepalikka yetib bordim...
— To'xta, — o'g'lining gapini bo'libdi
podsho. — Qaysi tepalikka
borganingni
bilaman. Sen u yerdan zumrad, olmos-
u marvaridlar olib kelgansan, to'g'rimi?
—
To'g'ri, otajon.
— Xurjunni olib kelinglar, ko'raylik-
chi,
unda nimalar bor ekan, — debdi podsho.
Xurjunni olib kelishibdi. Ochib
qarashsa, bir
xurjun oddiy chaqmoqtoshmish.
— Bor, o'g'lim, boraver, — debdi
podsho. - Endi kenja o'g'limni chaqiringlar, —
deb
buyuribdi podsho.
Kichik shahzoda kirib kelib ta'zim
qilibdi.
— O'g'lim, — debdi podsho, — endi o'zing
yo'lga tushmasang bo'lmaydiganga
o'xshaydi.
— Otajon, — debdi shahzoda. —
Yoshman,
uydan bir qadam nariga chiqmagan bo'lsam,
qayoqqayam borardim?
— Boshqa iloj yo'q, borishing kerak,
—
debdi podsho.
Kichik shahzoda otasining huzuridan
xafa bo'lib chiqibdi-yu, boqqa kirib,
hovuzning
bo'yida uxlab qolibdi. Keyin tush
ko'ribdi.
Tushida birov: «Nega bu yerda
yotibsan», deb so'rabdi. «Boshim qotgan, —
debdi
shahzoda. — Otam uzoq yo'lga
jo'natyapti,
hech qayerni ko'rmagan bo'lsam,
qayoqqa borishni bilmasam». «Xafa bo'lma, —
debdi
haligi odam. — Otangning oldiga
borgin-
da, otini, qilichini, barmog'idagi
uzugini so'rab ol».
Kichik shahzoda uyg'onib otasining
huzuriga kirib borib, debdi:
— Otajon, menga otingizni,
qilichingizni va
barmog'ingizdagi uzugingizni berib turing.
Podsho suyunib ketib o'g'lini quchib
o'pibdi.
— O'g'illarimning ichida bahodiri sen
ekansan, — debdi u. — Topib
kelishingga ishonaman.
Ertasiga ertalab podsho o'g'liga
barmog'idagi uzugini, belidan qilichini
yechib beribdi. Otini egarlab
yuganlashga
buyuribdi. Shahzoda sakrab otga minibdi-
yu, yo'lga ravona bo'libdi. U otasiga
o'xshab ertalab nonushtani uyda
qilibdi.
Tushlikni chashma tepasidagi daraxt
tagida qilibdi, kechqurun javohirlarga to'la
tepalikka yetib boribdi. Yo'lda
to'xtamay
ketavermoqchi bo'lgan ekan-u, birdan
biri
osmonda, biri yerda ikki quyoshni ko'rib
qolibdi. «Qayerlarga kelib qoldim, —
deya
hayron bo'libdi shahzoda, — ikkita
quyosh,
qiziq bo'ldi-ku». Otining boshini qo'yib
ketayotgan
ekan,
yo'lda yarqirab turgan pat ko'rib
qolibdi.
Otdan tushib, patni olibdi-yu,
qalpog'iga uqa qilib qadab qo'yibdi. — Patni
tashla, —
birdan ot tilga kiribdi.
— Nega? — deb so'rabdi shahzoda.
— U boshingga ko'p musibatlar soladi.
— O'zi kichkinagina pat bo'lsa, qanday
musibat solishi mumkin? Ot o'z gapini
uch
marta takrorlabdi, lekin shahzoda
lining
gapini
qulog'iga olmabdi. — Men seni ogohlantirib
qo'ydim, —
debdi
oti. — Endi o'zingdan ko'r.
Shahzoda shu ketgandan otining
boshini
qo'yib bir podsholikka yetib boribdi. Podshoga
mamlakatimizga bir yigit
kirib
keldi, bir quyosh osmonda nur sochib
tursa, ikkinchi quyosh uning
qalpog'ida
yarqirayotir, deb xabar berishibdi. — Olib
kelinglar uni, — deya
buyuribdi
podsho. Shahzodani shohning
huzuriga
eltishibdi.
— Kimsan? — so'rabdi podsho. — Sayyohman,
sizning yurtingizni
tomosha qilgani keldim.
— Qalpog'ingda yarqirayotgan nima
u? —
so'rabdi podsho.
— Bumi? Bu oddiy pat, yo'ldan topib oldim.
— Bu yoqqa ol, bir ko'ray-chi, —
debdi
shoh.
Shahzoda patni olib podshoga
uzatibdi. Podsho xursand bo'lganidan o'zini
yo'qotib qo'yayozibdi.
— Rahmat, — debdi u shahzodaga, —
endi
boraver, xudo yor bo'lsin.
Shahzoda uning huzuridan chiqib ketibdi.
Podsho bo'lsa patga qarab
to'ymasmish.
Oxiri butun podsholik ishlarini o'z
holiga
tashlab, arz bilan kelganlarni qabul qilmay
qo'yibdi.
Bir kampir tovug'ini o'g'irlatib qo'yib
shikoyat qilib kelgan ekan.
— Jo'na hozir, kampirsho, o'zimning
ishim o'zimga yetarli, — deb haydab chiqaribdi
podsho.
Kampirqarasa, shoh patga mahliyo
bo'lib
o'tirganmish.
— Shohim, — debdi kampir, —
bittagina patga shunchalik mahliyosan, shu
pati
tushib qolgan qushning o'zini
ko'rsang
unda nima bo'larkansan?
— Onajon! — debdi shoh. — Bu
qushni kim ham menga olib kelib bera olardi?
— Shu patni kim keltirgan bo'lsa,
o'shaning
o'zi olib keladi, — deb javob beribdi
kampir. Podsho shu zahoti
shahzodani tutib keltirishga buyruq beribdi.
«Podsho
patimni tortib oldi-yu, evaziga hech
nima
bermadi. Mana endi biron nima tortiq
qilsa kerak, — deb o'ylabdi shahzoda. —
Bera-
digan pulini boshimga uramanmi? »
Shahzoda shohning huzuriga kirib
yetti
bukilib ta'zim qilibdi: — Sen patni keltirgan
eding, endi
o'sha
pati yulingan qushning o'zini topib
kelasan, — debdi shoh.
— Men bir bechora sayyohman, —
debdi shahzoda, — bu o'lkalarda birinchi
marta
bo'lishim. O'sha qushni qayerdan
topaman?
— Bunisi bilan mening ishim yo'q.
Qayerdan bo'lsayam topasan. Topmasang
kallangdan judo bo'lasan!
Shahzoda qayg'uga botibdi, uning
ko'z
yoshlarini ko'rgan ot debdi:
— O'sha pat boshingga musibatlar keltiradi,
deb aytuvdim-ku axir,
quloqqa
olmading. Endi bundan ham battar
musibatga tushasan.
— Endi foydasi yo'q! Boshimga
musibat tushib bo'ldi. Yordam ber.
— Bo'pti, xafa bo'lma, hozircha yotib
uxla,
— debdi ot. — Ertalab bir ilojini
qilarmiz.
Shahzoda yotishga yotibdi-yu, ertalabgacha
mijja qoqmabdi.
— Endi qayoqqa boraman? — deb
so'rabdi
u ertalab otdan.
— Tizginni o'z holiga tashlab qo'y,
o'zim topib boraman.
Ular yo'l yurishibdi, yo'l yurishsa ham
mo'l
yurishibdi. Oxiri bir o'rmonga yetib
kelishibdi-yu, ot shahzodaga debdi:
— Mana shu o'rmonning o'rtasida ulkan
bir chinor bor. O'sha chinorning tagida
marmar hovuz bor. Hovuzning labidan
bir
chuqur qaziysan-da, ichiga tushib
berkinib yotasan. Har juma bu yerga
cho'milgani
pari qush keladi. Bugun — juma. U
keladigan kun. Keyin qanotini yechib
hovuz bo'yiga tashlaydi-da, suvga
tushib cho'mila boshlaydi. Sen tegma,
cho'milib
bo'lishini kutib tur. Pari suvdan chiqib
qanotlarini silab kiya boshlaganda
oyoqlaridan mahkam ushlab ol.
Shahzoda ot aytganday qilib chuqur qazibdi-
yu, hovuz bo'yida yashirinib
yotibdi. Pari uchib kelib qanotini
tashlabdi,
cho'milibdi. Keyin qanotini
kiyayotganda
shahzoda bir sakrab qushni mahkam ushlab
olibdi.
— Qo'yvor meni, yigitcha, yaxshi
bo'lmaydi, — debdi pari.
— Mendan o'pkalama, pari, men ham
dunyoda yashagim keladi. Seni
shohga olib bormasam boshimdan judo
bo'laman.
— O'zing bilasan, — debdi pari, —
endi
o'zingdan ko'r. Shahzoda otga minib,
qushni podshoga eltib beribdi. — Rahmat
senga, — debdi shoh, —
yo'lingga ketaver endi, xud< yor
bo'lsin.
Podsho qushni qafasga solib qo'yibdi,
qush bo'lsa sayramabdi, bi holdan
podsho qayg'uga botibdi. Nihoyat u qushga
debdi:
— Nima desang bajaraman, sayrasang
bo'ldi. Qush tilga kiribdi.
— Shohim, — debdi u. — Men qush
emas, dunyoda tengi yo'q go'za qizman.
Agar
xohishimni bajarsang, qanotimni
tashlayman-u, malik* bo'laman.
— Tila tilagingni, bajaraman, — debdi
podsho. — Mening bir kanizim bor edi, o'shani
oldirib kel. U Oq dengiz bilan Qora
dengizning oralig'idagi Qizil devning
qo'lida. Oldirit kelolsang, senga xotin
bo'laman.
— Uni kim olib kela olishi mumkin? — Meni
tutgan yigit olib kela oladi.
Shahzodani yana podsho huzuriga
sudrab
kelishibdi.
— Sen menga Qora dengiz bilan Oq
dengiz oralig'idagi Qizil devning qo'lida azob
chekayotgan qizni olib kelishing
kerak.
— Shohim, — debdi shahzoda. —
Bunday
mushkul ishni qanday qilib bajaraman?
— U yog'i bilan ishim yo'q, —
podshoning
jahli chiqibdi. — Qizni olib kelmasang
tanangdan boshingni judo qilaman.
Shahzoda battar qayg'uga botib otning
oldiga qaytib kelibdi.
— Tag'in nima bo'ldi? — deb so'rabdi
ot.
— Ish chatoq, — debdi shahzoda. —
Shoh menga bu safar Qora dengiz bilan Oq
dengiz oralig'ida istiqomat qiluvchi
Qizil
devning qo'lida azob chekayotgan
qizni
olib kelishni buyurdi. — Xafa bo'lma, — debdi
ot. — Yotib
uxla,
ertalab bir ilojini qilarmiz. Shahzoda
yotib
tong otguncha mijja qoqmabdi.
— Endi qayoqqa bordim? — deb so'rabdi
otdan.
— Tizginimni qo'yvor, o'zim olib
boraman.
Ot yo'l yuribdi, yo'l yursa ham mo'l
yuribdi. Oxiri bir dengizga yetib kelibdi-yu,
shahzodaga qarab debdi:
— Dadangning qilichi chaqmoqdan
yasalgan... Agar qilichni peshonangga
qo'yib damini dengizga qaratsang,
dengiz orqaga chekinadi. Narigi qirg'oqqa
o'tganingdan keyin bundoq
qarasang,
tutunchiqib turgan g'orga ko'zing
tushadi.
G'orning og'ziga borib: «Dev, bu yoqqa
chiq, urushamiz!» — deb qichqirasan.
Dev
seni ovqatlanib ol, deb g'orga taklif
qiladi,
lekin kira ko'rma. Uch marta chaqir-
ganingdan keyin o'zi chiqib keladi.
Chiqishi bilan kallasini shartta uzib
tashla.
Dev yerning qa'riga tushib ketadi.
Keyin
g'orga kirib qizni olasan-u qilichning damini
dengizga qaratsang, dengiz
yana
orqaga chekinadi, sen buyoqqa o'tib
olasan-da, qizni shohga eltib berasan.
Shahzoda otning aytganidek qilib,
devni yengibdi-yu, qizni olib shohga eltib
beribdi.
— Rahmat, — debdi shoh. — Boraver,
xudo
yor bo'lsin.
— Sen aytgan qiz shumi? — deb so'rabdi
shoh paridan.
— Ha, shohim, shu.
— Shartingni bajardim, endi sen ham
ustingdagi qanotingni yechib tashla.
— Shohim, agar siz meni patlarsiz ko'rsangiz
o'lasiz.
— Unda qanday qildim? — debdi
shoh.
— Uning yo'li bunday, — debdi pari.
— Qizil
dengizda o't purkovchi qirqta biya yashaydi.
O'sha biyalarning sutiga
cho'milsangiz qushga aylanasiz, keyin
birga turmush quramiz, bolalarimiz
ham
qush bo'lib tug'iladi.
— Biyalarni kim olib keladi? — Meni va
kanizimni olib kelgan yigit
keltiradi. Shahzodani yana podsho
huzuriga sudrab keltirishibdi.
— Sen Qizil dengizga borib u yerdan
qirqta
biyani olib kelishing kerak. Men ularning
sutiga cho'milaman.
— Yolg'iz o'zim qanday qilib qirqta
biyani
haydab kelaman? — e'tiroz
bildirmoqchi bo'libdi shahzoda.
— Buyog'i bilan ishim yo'q, — debdi
shoh.
— Agar olib kelmasang, tanangdan
boshingni judo qilaman.
Shahzoda g'am-alamga botib qaytib kelibdi.
— Yananima bo'ldi? — deb so'rabdi
ot.
Shahzoda bo'lgan voqeani unga aytib
beribdi.
— Xafa bo'lma, shahzoda, — debdi ot. —
Bu safar senga emas, menga qiyin
bo'ladi.
Borib podshoga ayt, Qizil dengizning
qirg'og'iga qirq o'ram jun, qirq o'ram
namat, qirq o'ram teri keltirib qo'ysin. Shoh
dengiz bo'yiga qirq o'ramdan namat,
teri,
jun keltirib qo'yishni buyuribdi.
Shahzoda
otga minib yo'lga tushibdi. Dengiz bo'yiga
yetib kelishgandan keyin ot
shahzodaga
shunday debdi:
— Gapimga quloq sol, shahzoda, Qizil
dengizda qirqta emas, o'ttiz to'qqizta biya
bor. Ularning biri mening onam,
qolganlari
singillarim bo'ladi. Ularning ichida
yagona
ayg'ir menman. Bir kuni onam bilan urishib
qoldim-u, mana, o'ttiz yil otangning
xizmatidaman. Agar onamning qo'liga
tushib qolsam, meni burdalab
tashlaydi.
Men qirg'oqqa yotib olaman, sen esa ustimga
awal junni yopasan, uning
ustiga
namatni tashlaysan, oxirida teri bilan
o'raysan. O'zing esa yonimda berkinib
turasan. Men ovoz chiqarib sekin
kishnayman, dengizda bo'ron ko'tariladi.
Bundan qo'rqma. To'lqinlar orasidan
mening onam bilan singillarim chiqib
kelishadi. Ularning yig'lab ko'z yoshi
to'kadiganlari singillarim, menga
hamla qiladigani onam bo'ladi. Onam awal
ustimdan terilarni olib tashlaydi, keyin
namatni. Sen indamay turaver. So'ng u
junni olishga o'tadi. Junning yarmini
olganda bir oz charchaydi va to'xtab
dam ola boshlaydi. Ana shunda sen bir
sakrab
onamning ustiga minib ol. Ehtiyot bo'l,
yolidan mahkam ushla. Onam
darg'azab
bo'lib ketadi. Seni quyoshda kuydirib
tashlayman, deb osmonga uchadi. Sen
esa
darrov uning qorniga tushib ol. Yerga
urib
seni majaqlab tashlayman deb o'zini
pastga uradi, sen yana ustiga chiqib ol.
Yaxshilab turib olganingdan keyin
yaxshilab savalagin-da: «Men sening
egangman» degin.
Shundan keyin onam amringga
bo'ysunib
aytganingni bajaradi. Uning ketidan men
va qolgan singillarim ham amringga
bo'ysunamiz.
Shahzoda ot nima degan bo'lsa,
bekam-u
ko'st bajaribdi. Biyalarni haydab kelib
podshoning otxonasiga bog'labdi.
— Endi shohim, — debdi pari qush, —
ularni sog'ishga buyurgin-da, sutiga
cho'milgin.
— Kim ularni sog'adi, —so'rabdi shoh.
— O'sha haydab kelgan yigit. Shahzodani
yana shohning qoshiga
boshlab kelishibdi. Shunda ot debdi:
— Shahzoda, meni birga olib ket.
Sog'ishingdan oldin otangning
uzugini
ipga bog'lab qozonga tashlab qo'y. Keyin
biyalarni birin-ketin olib kelib
qozonning
ustida sog'aver. Hamma biyani sog'ib
bo'l-
ganingdan keyin qozonda cho'milib ol.
So'ng uzukni olib yaxshilabart.
Barmog'ingga taqib shohga odam
yubor.
Shoh qozonga tushishi bilan sut olov
olib u yonib ketadi. O'zing esa uning
kiyimlarini
kiyib saroyga qaytgin-da, taxtga o'tir.
Shahzoda otning aytganlarini
bajaribdi.
Qush bo'lsa podshoning kuyib o'lganini
eshitibdi-yu, qanotlarini tashlab
yuboribdi
va go'zal bir qizga aylanibdi.
— Bularning barini seni deb qildim, —
debdi qiz shahzodaga. — Endi sen
podshohsan, men esa malika.
Xalq saroyda nima hodisalar bo'lib
o'tganini bilmabdi ham. Yangi podsho
bir
necha oy mamlakatni boshqaribdi,
keyin birdan nima maqsadda yo'lga
chiqqani
esiga tushib qolibdi.
— Nega xafa ko'rinasan, shohim, —
debdi
malika. — Mamlakatga podshoh bo'lganing
ko'nglingga o'tirishmadimi yoki men
senga
yoqmadimmi, uzzu-kun ko'z yosh
to'kasan.
— Malikam, sevikli yorim, — javob beribdi
shoh. — Mening ham otam shoh.
Lekin u
qariganda ko'r bo'lib qolgan. Meni
ko'zni
ochadigan dorivor topib kelish uchun
yuborgan edi. Men esam buni unutib
yuborib, shoh bo'lib o'tiribman. Hozir
otam
tirikmi, yo'qmi bilmayman.
Malika shohni quchib debdi:
— Xotirjam bo'l, jonim. Sening otang o'n yil
meni tutmoqchi bo'lib urinib oxiri ko'r
bo'lib qolgan. Agar men qonimdan
uning
ko'ziga jinday sursam, shu zahoti ko'zi
ochilib ketadi. Agar shunga qayg'urayotgan
bo'lsang, yo'l
hozirligini
ko'r, otangning oldiga ketdik.
Yosh podsho butun xaloyiqni chaqirib
katta ziyofat beribdi-yu, shunday
debdi: — Endi o'zlaringga boshqa podsho
tanlanglar, men uzoq yurtlarga
ketyapman,
qaytish-qaytmasligim dargumon.
Xalq o'ziga boshqa podsho saylabdi.
Shahzoda bo'lsa xotini bilan oddiy kiyim
kiyib olibdi. Keyin xalqqa ta'zim
qilibdi-yu,
qirq biyani haydab yo'lga tushibdi.
Malika shahzodaning otini, shahzoda
biyalarning onasini minibdi. Shahzoda
otasining mamlakatiga yetib
kelgandan keyin birinchi uchragan
cho'ponga qarab:
— Saroyga yugur, podshoga o'g'li
qaytib
kelayotgani xabarini ber, — debdi. Cho'pon
saroyga yugurib kelib
shohga:
— Suyunchi ber, shohim, o'g'ling
safardan
qaytdi, — debdi. Shoh bu so'zlarni
eshitib: — Yanakimlarni boshlab kelyapti, —
deb
so'rabdi.
— U o'zi bilan qirqta biya va yana bir
go'zallikda tengi yo'q qizi olib kelyapti.
— Xudoga shukr! — debdi shoh va cho'ponga
bo'yi baravar till
berishlarini
buyuribdi.
Shahzoda saroyga kirib otasining
qo'lini
olibdi. Otasi uni o'pibd: Yosh malika qo'lini
qonatib shohning ko'ziga surgan
ekan,
uning ko's shu zahoti yaraqlab ochilib
ketibdi. Shoh taxtdan turib yosh
malikanin peshanasidan o'pibdi. Tojini olib
kenja
o'g'lining boshiga kiydiribdi da,
shunday
debdi:
— Bundan buyon mana shu o'g'lim
shoh, kelinim malika bo'ladi. Ular murod-
maqsadiga yetgan ekan, sizlar ham
yetasizlar. Osmondan uchta olma
tushibdi:
biri ertak aytganga, qolgan ikkitas
uni tinglaganga tegibdi.
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=51849560326282&_prevCmd=altGroupMediaThemeComments&tkn=1611
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=51849560326282&_prevCmd=altGroupMediaThemeComments&tkn=1611
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=51849560326282&_prevCmd=altGroupMediaThemeComments&tkn=1611
http://m.odnoklassniki.ru/dk?st.cmd=altGroupMain&st.groupId=51849560326282&_prevCmd=altGroupMediaThemeComments&tkn=1611
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев