Предыдущая публикация
Achinaman ko'ksimdagi
yuragimga.
Aybdorman ko'zdan
oqqan yoshlarimga.
Begonaman
naxot endi o'z o'zimga.
Sizdan uzr so'rayman men, armon
bo'lgan orzularim...
Endi yolg'on
tabassumu kulgularim.
Uvol bo'ldi qalbda to'lgan tuyg'ularim.
Sarson afsus, umidi yo'q umidlarim.
Sizdan uzr so'rayman
men, armon bo'lgan orzularim...
Yasholmadim bir on ko'ngil
xoxlaganday.
Umrim o'tib borar
shovqin oqar suvday.
Bardoshlarim qachonlardir edi
tog'day.
Sizdan uzr so'rayman
men, armon bo'lgan orzularim...
Ko'ngil yarim go'yoki yarim oyga
o'xshaydi.
Umidlarim umidsiz
najot kutib yig'laydi.
Bugun baxtli
bo'lishga mening kuchim
yetmaydi.
Sizdan uzr so'rayman
men, armon bo'lgan orzularim...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев