==
Salom hurmatli saytdoshlar.
Sizlarga o'z hayot yo'limdan
ozgina hikoya qilmoqchiman.
Hali maslahat berish yoshida
bo'lmasam-da, o'zimdan 8-10
yosh kichik yoshlar xulosa
chiqarib olsalar bo'ladi.
Oilada uch o'g'ildan keyin tug'ilganman.
Akalarim meni juda yaxshi ko'rishar, doim
himoya qilib yurishardi. Maktabni tugatib
tibbiyot kollejiga o'qishga kirdim. 2-
kursligimdayoq ikki akam bo'lishiga
qaramay, uyimizga sovchilar kela boshladi.
Ota-onam "Qizim o'qisin, ishlasin" deb
sovchilarni qaytarishardi. O'zimni ham hali
turmushga chiqish niyatim yo'q edi.
O'qishni tugatib ishga joylashdim. Bu orada
akalarim uylanishdi. Qo'shni qishloqdan bir
yigit men ishlaydigan shifoxonaga davolanib
chiqdi va meni ko'rib sevib qolibdi. 2-3 oy
ortimdan yurib ko'nglimni topdi. Uyimizga
ota-onasini yubordi. Onamga ko'nglim
borligini aytdim. Akalarim eshitib
"bermaymiz, akasi qamalgan, otasi alkash,
o'zini ham ishini tayini yo'q" deyishdi.
Yig'lab-yolvorishlarim foyda bermadi. Yigit
bilan uchrashib, vaziyatni tushuntirdim. U
menga "yur sani uzoq-uzoqlarga olib
ketaman" dedi. Har qancha sevsamda men
bu ishni qilolmasdim. Ota-onam va akalarim
sha'nini o'yladim.
Meni dadamni o'rtoqlariga unashtirib
qo'yishdi. Kuyov juda oq-ko'ngil, aqlli edi.
To'yimiz o'tdi. To'y tashvishlari va kelinlik
xizmatlari biroz chalg'itdi. Birinchi farzandim
jarrohlik yo'li bilan dunyoga keldi.
Jarrohlikdan so'ng ko'zimni ochsam,
turmush o'rtog'im boshimda yig'lab
mendan xavotirlanib o'tiribdi. Shunda
erimga mehrim ortib, haqiqiy muhabbat
to'ydan keyin tug'ulishiga amin bo'ldim.
Hozirda ikki farzandning baxtli onasiman.
Ota-onam, qaynona-qaynotam ham meni o'z
farzandlaridek ko'rishadi.
Aziz singiljonlar, to'rt kunlik o'tkinchi
havasni deb, ota-onangiz obro'sini
to'kmang! Asl baxt ota-ona roziligi!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4