U qachonlardir o‘rgangan
oddiy qog‘oz salfetkadan
yasaladigan kichkina, chiroyli,
oppoq lolalarni yasay boshladi.
Hech kim tushunmadi kimga va
nimaga!?
Odatda bunaqa gullarni restoran, kafelarda
tanishlarga yoki ofitsiant qizlarga ularning
hursandchiligi uchun qoldirib ketishi uning
odati edi. Ammo, u hozir dasturxon atrofida
emas edi.Gullarni yasab bo‘lgach, velosipedni
ko‘chaga haydab chiqdi. Qolganlar ortidan
hayron qarab qolishdi….
…Bekatga borib, hayajondan to‘xtab qoldi.
Nima deyishni, nima qilishni hayolidan
o‘tkazgunicha avtobus ham kelib qoldi.
Qiz esa o‘sha avtobusga o‘tirdi. U esa keyingi
bekatgacha avtobus ketidan quvdi.
Hayolida:
–Yo hozir, yoki keyingi safargacha yana
afsus va kutishlar, – derdi.
Axir, birinchi marta sevganiga gul tutishi
edi…
Keyingi bekatda to‘xtagan avtobus oldida
velosipedini qoldirib, haydovchidan ikki
daqiqa kutishini iltimos qildi va odamlar
orasidan qizni topib uning oldiga borib
gullarni tutqazdi.
Qiz:
–Nega? – deya oldi xolos.
U:
–Shunchaki.
Qiz olmadi, uyaldi.
U:
–Oling, bo‘lmasa shuncha odam uyiga kech
qoladi, – dedi.
Qiz va butun avtobus kulib yubordi. Qiz gulni
oldi…
U ortiga qaytdi va hayron qoldirib ketgan
do‘stlariga bo‘lgan voqeani aytib berdi.
Hamma hayratdan va kinolardagidek ilk gul
taqdimidan qarsak chalib uni olqishlashdi…
Axir, u muhabbatini o‘z qo‘llari bilan
yasalgan gullar orqali ifodalagan edi. Bu
albatta tahsinga loyiq!
U baxtini o‘z qo‘llari bilan qurishni boshladi…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев