Ex qorlar qorlar . . . Hattoki bu oppoq qorlar
ham Bevafo! yog'adi, so'ngra Alvido aytib
eriy boshlaydi.
Meni sevgim, meni muxabbatim ham xuddi
o'sha qor parcharidek quvonchli va ayanchli.
Men qish faslini oppoq qorlarni yomon
ko'rardim. Agar qor yog'sa umuman
ko'chaga chiqmasdim. Bir kuni ketayotip
qor birdan quyib yog'ib ketdi, atrof esa
oppoq libosga burkangan. Shu oppoq
qorlarga qarab turar ekanman daraxtning
tagida bir qiz, oppoq qorlarga qo'lini tutib
turar, juda quvonar edi. U qiz shunday
go'zal, ko'zlari qop-qora sochlari uzun edi.
Hayol surib uyga bordim. Negadir kechasi
bilan uxlolmay chiqdim. U qizning jamoli
meni yuragimni o'g'irlagandi.
Chunmadim. . .bu oppoq qorlarni shu qadar
yomon ko'rar edimki, u notanish qizni
ko'rdimu oppoq qorlar mening eng yaqin
do'stimga aylanib qolgandi. Kuni-tun shu
qizni o'ylar edim, xudodan yana qor
yog'ishini so'rar edim. Xudo meni eshittimi
yana oppoq qor yog'di. Men juda hursand
edim, darrov kiyimlarimni kiydimda, o'sha
kundagi joyga yugurdim. borsam u qiz yana
turar edi. Judayam hursand yuzlaridan
tabassum arimasdi. Yoniga bordim, juda
katta hayajon bilan ko'zlariga tikilib turar
edim, u ham menga tikilib turar edi. O'sha
payt men bir narsani his qildim, o'sha
oppoq qorlar o'sha qiz, menga sevgi
nimaligini bor yo'g'i bir daqiqadagina
o'rgatib qo'yishdi. Biz tanishdik, biz
do'stlashdik, bir sevishdik dep o'ylardim,
lekin ayrildik. Men uni sevgandim lekin u
meni sevmadi. Juda katta orzular qilgandim,
orzularim qor bo'lib yog'diyu erib ketdi. U
qiz ham oppoq qordek yog'diyu ALVIDO
aytib erip ketdi.
Seni menga uchrashirgan oppoq qor - seni
mendan ayirgan oppoq qor. . . Men senga
oppoq qor yoqqanida sevishimni
aytgandim. Sen menga oppoq qor
yoqqanida ALVIDO dep aytting.
Men qorlarni yomon ko'raman, ular bevafo,
ular o'tkinchi, ular alvido aytishga usta....
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1