Men uning oldidan befarq o'tib keta olmadim. Asta kulib uning yoniga o'tirdim oz vaqt o'tgach unga qo'limdagi suvni iching deb berdim. U menga bir qarab qo'ydi. Rahmat deya bir xo'plab ichib qaytarib berdi. Uning shu birgina nigoh tashlaganida ko'zlarida achinish, beg'uborlik shu bilan birga pok sevgini his etdim. Undan xijolatomus tarzda nima dardingiz borki sizning bu shaxlo ko'zlarizdan tinmayin yosh oqayapti deya so'radim. U esa bilasizmi? ota-onamdan xafaman dedi. Bir paytlar internet orqali bir bola bilan tanishib qolgan edim. Uning mazmunli suxbati, ma'no to'la gaplari menga yoqardi. Gohida katta insonlar kabi o'rinli maslaxatlar berar gohida yosh bolalardayin erkalanardim. Bir xilda rashkini qo'zg'atish maqsadida do'stlarim davrasiga begona insonlarni qo'shar edim u bir so'z demay arazlab olardi mendan. Shunday vaqtlar begona insonni o'chirib tashlardim. U bilan uzoq-uzoq suxbat qurib turardik. Unga kundan-kun bog'lanib borar edim. Suxbatlarimiz soatlab davom etardi, tunlari bedor kunlarim esa bir maromda davom etardi, asta-sekin raqamlarni almashdik. Uning ilk ovozini eshitganimda allaqanday hayajonni his etdim bir kuni uchrashishga qaror qildik u menga men bora olmayman ishxonam oldidagi cafega keling dedi. Men rozi bo'ldim, men yetib borganimda u meni bir dasta gul bilan kutib o'tirar edi. Salomlashib kelib o'tirdim suxbat qurib o'tirdik. Xayrlashish vaqti kelganda men o'rnimdan turib unga qaraganimda bildimki u nogironlar aravasida o'tirar edi. Hayajondanmi payqamabman. Xayrlashdik uyga kelib o'yladim uning ma'noli suxbati bexol oyoqlarini yengdi. Telefonni olib raqamini terdim. U meni qo'ng'iroqlarimdan bolakaylardek sevindi. Uning aytishicha qo'ng'iroq qilishimga umid qilmagan ekan va yaqin kunlarda shaxarga oyoqlarini qayta tekshiruvga ketishini va u har doim Allohdan faqat shu nogiron oyoqlari tezroq o'z vaznini ko'tarib yurib ketishini so'rashini aytib xo'rsindi. Men u bilan tez uchrashadigan bo'ldim. Men uni sevib qoldim. Oradan vaqtlar o'tib undan menga sovchilar keldi. O'zi esa uyimiz pastida kutib turardi. Uning xolatini eshitgan ota-onam u haqida ham eshqat'iyni ham xoxlamay rad javobini berishdi. Shunga nima qilishga xayronman, xozir u kelsa endi biz birga bo'lolmasligimizni aytaman dedi. Suxbatimiz tugar chog'ida uzoqdan aravachada bir inson ko'rindi qo'lida bir quchoq gul. Qiz yoshini artib tabassum bilan xayrlashib bola tomon tez tez yurib va asta sekin shoshilib yugurganicha ketdi. Lekin yo'lning narigi tarafida katta tezlikda yeldek uchib kelayotgan mashinaga e'tibor ham bermagandi. Men quvondim sevgining qudratidan qizning sevgisidan quvonib bir zum ularga baxt tilagan holda hayolga berildim va mashinaning kuchli zarb bilan urilgan ovozidan to'g'risi yig'lashni ham baqirishni ham bilmay qoldim. O'shanda mashina qizni urib yuborgan va rulni beixtiyor boshqa tomonga burgan haydovchi to'g'ri aravachadagi yigitning ustiga mashinani yo'naltirgandi. Qisqa fursat ichida bunday musibatni avvalom bor Allohning irodasi bandalarining peshonasiga yozgan TAQDIRI, QISMATI deb o'zimni ovuntirsamda tezda borib yo'l chetida xushini yotgan qizni ko'rib va unga bir necha metr yaqinidagi sevgan yigitining falokat joyida halok bo'lganini ko'rib ko'zimga yosh keldi. Men birinchi navbatda qizni yaqin atrofdagi kasalxonaga olib bordim. Qisqa vaqt ichida 0ta 0nasi oq xalatda kelishdi. Bilishimcha ular ham shu kasalxonada ishlarkan. Xullas shu kuni uyga qaytdim. Oradan 3oy o'tdi. Xuddi ilgarigi qizni ko'rgan joyga borib o'tirdim. 1soatlardan uzoqdan aravada farishtaday oq kiyimda bir qiz yaqinlashardi. U kelgach esa xammasini aytib berdi. Sevgan yigiti vafot etgani va vaqtida 0ta 0nasi uni nogiron deb haqoratlaganlari evaziga Allohning menga bergan himmati deya ko'ziga yosh oldi. Suxbatlashdik. Xayrlashar ekanman uni xanuz kimnidur kutayotgandek sezdim. Lekin kimniligini bilsamda u endi oramizdi yoq edi. Bu taqdir bu dard. Olloxning özi bizni asrasin iloxim.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 3