Joriy yilning 1-mart kunidan Innovatsion rivojlanish vazirligi tizimidagi tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan “Innovatsion menejment” oʻquv kursi tashkil etildi. Darslar Kozogʻistonning AlmaU universiteti malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan muntazam oʻtkazib kelinmoqda.
📈 Kurslar davomida qatnashuvchilar “Tafakkur va Dizayn Tafakkuri” mavzusida amaliy mashgʻulotlar, DMAIC metodologiyasi (Define, Measure, Analyze, Improve and Control) , Isikava diagrammasi (Fishbone diagrammasi), muammolarni tahlil qilish va rivojlanayotgan ijodiy yechimlarni koʻrib chiqish usullarini oʻzlashtirishdi. Bundan tashqari, mashgʻulotlar davomida biznes modelini tavsiflash, tasavvur qilish, baholash va oʻzgartirish uchun ishlatiladigan LEAN STARTUP va CANVAS BUSINESS MODEL prinsiplari kabi tushunchalar oʻrganildi.
🌐Innovatsion menejment - insonlarning turmush tarzi, innovatsion jarayonlarni tashkil etish, yangi gʻoyalar va ixtirolarni roʻyobga chiqarish malakasi hamda iqtisodiyotning oʻsishi va rivojlanishi uchun katta omildir
Youtube:
http://bit.ly/2JGpXm7
Sayt:
https://ildambek.uz
_
Instagram:
http://instagram.com/ildambek.uz
Facebook:
http://fb.com/Ildambek
Odnoklasniki:
http://ok.ru/Ildambek.uz
Twitter:
http://twitter.com/IldambekWeb
Telegram :
https://t.me/ildambekuz