Hozir darsdamiz…
Yonimda dunyodagi eng chiroyli qiz o’tiribdi…
Uning yuziga qaragandan uyalib turibman…
Mening qanchalik sevishimni u bilmaydi…
U mening eng yaqin insonim… Lekin, u meni oddiygina do’st
deb biladi… Sababini bilmayman,
lekin, o’zimdan uyalib turibman…
10 - Sinf. Uyda edim… Menga qo’ng’iroq qilib yigiti bilan
urushib qolganini aytib, men yonida bo’lishimni iltimos qildi…
Keyin yonimga keldi… Meni quchoqlab rosa
yig’ladi… Hozir u yonimda…
Tizzamga boshini qo’yib uxlab qoldi… Sochlaridan silab, go’zal
yuzlariga to’yib-to’yib boqmoqdaman…
Men uni sevaman… Lekin, u meni oddiygina
do’st deb biladi… Sababini bilmayman,
lekin, o’zimdan uyalib turibman…
11 - Sinf. Bitiruv kechasi… Ikkimiz bolalikdan beri
birga ulg’aydik… Bitiruv kechasiga sherigimiz
bo’lmasa birga boramiz deb 8- sinfda bir-birimizga so’z bergan
edik… Menga qo’ng’iroq qildi va yigiti
kasal bo’lib qolganligini aytdi… Keyin, birga
boramizmi, deb so’radi… Rozi bo’ldim… Uyiga
borib bitiruv kechasiga birga jo’nadik…
Bitiruv kechasidagi eng chiroyli malika edi…
Oppoq ko’ylagi o’ziga shunday yarashgan ediki,
farishtaning o’zi bo’lib qolgandi… Tun bo’yi raqsga tushdik…
Qo’llaridan ohista ushlab, uni qattiq
sevarimni aytsammi, deb o’ylab qo’yardim…
Tongga yaqin uyiga kuzatib qo’ydim… Hayrlashayotib
yuzimdan o’pib, eng yaxshi do’st bo’lganimni
bildirdi… Uni chin dildan sevaman…
Lekin, u meni oddiygina do’st deb bilsa, unga
sevishimni qanday aytaman…
Sababini bilmayman, lekin, o’zimdan uyalib
turibman… Oradan yillar o’tdi…
Hozir men eng yaqin ko’rgan insonimni qora
tuproqqa uzatyapman… Uning buyumlari orasidan yon
daftarcha chiqibdi, menga berishdi…
Qo’llarim qaltirab yon daftarchani sekin
varaqlay boshladim… Sahifalarning birida
shunday satrlar bor edi… “…Hozir darsdamiz…
Yonimda bo’lsa dunyodagi eng kelishgan yigit o’tiribdi…
Yuziga hech to’ymayman… Uni qanchalik sevarimni u
bilmaydi… U meni oddiygina do’st
deb biladi… Yigitim bor deb doimo u haqida
yolg’on bahonalarni aytib, yonida bo’lishga harakat
qilyapman… Men uni jonimdan ortiq
ko’raman… Menga bir marotaba, faqat bir
marotaba “SEVAMAN” deb aytganda… Bu
dunyoda mendan baxtli inson yo’q edi…”
Men bu satrlarni o’qiyotganimda sevganimni tuproqqa ko’mishdi…
Chiday olmay butun vujudim bilan hayqirib
yubordim… Ko’z yoshimni hech to’xtata
olmasdim… Ko’zlarimni uning yangi
qo’yilgan qabridan uza olmasdim…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 4