sababli uyg'onib ketdi. Közlarini ishqalab
kravatidan tushdi va ovoz kelayotgan
tomonga yura boshladi. Uning
ota-onasi har kungidek özaro
janjallashishardi. Ular qizchaning
uyg'onganligiga ham e'tibor berishmasdi.
Ota-onasining janjalidan qo'rqib, bir chetda
ularni kuzatib
turgan tört yoshli qizcha yig'lab yubordi.
Bir-birlarini turli odob doirasidan tashqarida
bölgan so'zlar bilan
haqorat qilayotgan er-xotin bolaga e'tibor
berishmasdi:
- Siz men uchun nima qilib qo'yibsizki,
menga baqirasiz?
- O'chir ovozingni shallaqi, iflos, bolangni
olib yo'qol bu uydan. Menga sen ham, bolang
ham
kerakmas.
- Nima dediz? Hali
bolamni olib yo'qolaymi? Mayli,
ketsam, o'zim ketaman! Bu uyga
yolg'iz kelganmanmi, yolg'iz ketaman!
Bola bitta meniki emas, tug'dirib
qo'ydizmi, tak shto eplab boqing endi!
Ayol shunday dedida jahl bilan xonasiga kirib
ketdi. Xuddi shu
taxlit ota ham tashqariga chiqib
ketdi. Qizcha esa hamon yig'lardi. U endigina
to'rt yosh
bo'lsada, ota-onasiga kerak emasligini,
ularga ortiqchalik
qilayotganligini tushunib turardi.
Chunki deyarli kun ora shunday janjallar yuz
berardi. Qizaloq nima
qilishni bilmas, u ham
ko'chaga chiqib ketishni va uyga
hech qachon qaytmaslikni istardi.
Onasining yoniga kirmoqchi edi,
yo'qol ko'zimdan degan javobni
olgach nihoyat ko'chaga chiqdi.
Qizaloq qayerga borishni bilmas,
yagona biladigan joy narigi mahalladagi
buvisining uyi edi.
Qizcha buvisining uyi tomon ketarkan
öylardi: "Buvim meni
yaxshi ko'radi, meni haydamaydi, agar
uydan ketib buvimni yonida yashasam, adam
oyimni urmaydi, oyim ham boshqa
yig'lamaydi. Men ularga yaxshi qiz
bölolmadim..." Shu
hayollar ichida ketayotgan qizaloq
yonidan chiqib qolgan mashinani sezmay
qoldi. Qizcha yöl chetida holsiz yotar,
kichkina yuzlariga yosh aralash boshidan qon
sizardi. Og'riq kuchli, qiz hatto ovozini
chiqarib yig'lay olmasdi. Haydovchi
mashinaga qattiq urilgan qizaloqni qöliga
kötarib olarkan, qizcha unga qarab achchiq
jilmaydi, qon sizib chiqayotgan kichkina
lablari bilan sönggi marta pichirladi:
"Rahmat amaki... Endi adam bilan oyim
hech qachon urushishmaydi..."
(manba: "Ibratli voqealar" gr.)
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5