" Jajji
bolakayning savoli shundog'am siqilib turgan
dadasining yuragini ezdi. Ög'lini tizzasiga
ötqazdida, peshonasidan öpdi. "Oying ög'lim,
rosa charchagan. Endi bir-necha kun uxlab,
yaxshilab dam olishi kerak" Bolakay indamadi. 5 yoshli bolakay onasining og'ir kasalligini ancha
oldin fahmlagandi. Shifoxonaga dadasi körishga
olib borganida, oyisi uni quchib rosa yig'lagandi.
Dadasi oying tuzalib ketadi, keyin shifoxonadan
javob berishadi degandi. Oyisi uyga qaytganida
bola oyim tuzalibdilar deya rosa sevingandi. Öy- hayollari özidek sof murg'ak bola oyisiga boshqa
sababdan javob berib yuborishganlarini bilmasdi.
Har kungidek örniga yotarkan bolakay osmonga
qarab qölini chözdi: "Oyimni tuzalishiga yordam
ber, Xudojon" Bir necha kun ötgach tunda
uyg'onib ketdi. Pildirab koridorga chiqdi. Dadasi balkonda sigaret chekib, kim b-ndir telda
gaplashardi. Bolakay dadasining hamma
gaplariga ham tushunmadi-yu shu gaplar
orasidan operatsiya, katta pul degan jumlalarni
ilg'ay oldi. Bir kinoda körgandi. Operatsiyada
doktorlar kasalni ukol qiladi, keyin u tuzalib ketadi. "Oyimni ham ukol qilishsa sog'ayib
ketadilar" öyladi bolakay. Örniga qaytib yotarkan
osmonga qarab yana qölini chözdi: "Oyimni
tuzalishiga katta pul ber, Xudojon" Bolakayning
onasining ahvoli kundan-kun yomonlashib
borardi. U esa buni bilmasdi. U faqat dadasining ösha kungi gaplarini öylardi: operatsiya...katta
pul... Oxirgi kunlar bolani oyisining yoniga
kiritmay qöyishdi. U uyiga kelib-ketayotgan
köplab qarindoshlarni jimgina kuzatib ötirardi.
Dadasi esa bolakayga pul tutardi: Ushla ög'lim,
borib muzqaymoq olib ye... Bolakay onasining yaqinlari b-n vidolashyotganini tushunmasdi.
Nihoyat uni chaqirishdi. Oyisining yoniga olib
kirishdi. Közlari shishib ketgan, oppoq choyshab
yopingan köyi chözilib yotgan oyisining yoniga
keldi. -Kel shirinim,- oyisining hasta ovozi
eshitildi,- aqlli bola bölyapsanmi bog'chada? -Ha, oyijon.-Yaxshi özimni toychog'im...-Oyi, endi
tuzalib ketasizmi? -Hm...,-oyisi yig'lab yubordi.-
Menga yana ertak aytib berasizmi?-Hm... -Sizni
yaxshi köraman... Eh, bolakay... Oyisi b-n
shunday sönggi marta gaplashib turganligini
qayerdan ham bilardi u. Bog'chadan kelganida uyidagi odamlarning köpligidan hayron qoldi.
Hamma bolakayni körib köziga yosh olardi. "Ada
oyim uyg'ondilarmi?", dadasining yoniga kelib
söradi u. Dadasi chökkalab ötirib ög'lining
közlariga boqdi: "Oying endi uyg'onmaydi
bolam,- keyin ög'lini quchdi,- oying bizni tashlab ketdi. Ög'il yaxshi tushunmadi, kissasini shoshib
kovladi-yu bir siqim buklanib ketgan pullarni
chiqardi: "Ada, doktorlarga ayting, oyimni ukol
qilishsin, oyim tuzalib ketsa böldi, men bitta ham
muzqaymoq yemayman, faqat ayting ada,
oyimni tuzatib berishsin...." Ög'ilning peshonasidan öparkan dadasining köz yoshlari
uningyuziga tomchiladi... Onasini kömishdi. Tun
chökkach örniga yotarkan bolakay osmonga
qölini chözdi: Iltimos, oyimni menga qaytarib
ber,Xudojon
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 10