3-qism.
{Black Rose}
Biz doim bir partada o'tirardik. Ikkimizdan birimiz yolg'iz qolguday bo'lsak ham yonimizga hech kim o'tirmas edi. Sharofning bugungi qilgan ishlari rossa asabimga tegdi. Dars bo'yi qovoq o'yib indamay o'tirdim. Uchinchi para ikkinchi blokning ikki qavatida bo'ladigon bo'ldi. Ertalabki voqea qaytarilmasin deb, zinadan sekin xarakatlar bilan chiqdim. Yarim parada tushlik uchun tanaffuz cholindi. Auditoriya eshigidan chiqsam, Kamola oyna oldida turgan ekan. Kelib meni quchdi.
Kamola: - Salom Maftuna!
Men: - Salom! Qalesiz? Qachon keldiz?
Kamola: -Ozgina bo'ldi. Darsni bo'lmaslik uchun kirmayotgandim. Tushlikga kirasizmi?
Men: - Ha! Sizchi?
Kamola: - Mening ham yo'lda kelib, qornim och qolgan. Faqat tashqariga chiqaylik!
Men: - Yaxshi! Sumkamni olib olay. Keyingi paraga kirmaymiz! Zinaga toqatim yo'q.
Kamola: - Ha! Bemalol ko'cha aylanamiz.
Sumkamni olib ko'chaga chiqdik. Kamola yozish bo'yicha chempion, lekin kam gap edi.
Kollejga yaqin bo'lgan kafega kirdik. U yerda Sharof yana ikkita kursdoshlarga ko'zim tushdi. Eshik yonidagi stolga o'tirdik. Yigitlar esa bizdan to'rt stol narida o'tirardi. Sharof menga qarama qarshi tomonda o'tirardi. Uning nigohidan noqulay ahvolga tusha boshladim.
Kamola: - Tinchlikmi?
Men: - Ha yo'q. Kursdoshlar shu yerda ekan.
Kamola: - Nima bo'libdi. Oling ovqatlaning! Aytgandek qizlar qani?
Men: - Mohi sizdan oldin ketgandi. Narigi qiz bilmadim kelmay qoldi.
Kamola: - Nomerlarini bilasizmi?
Men: - Yo'q!
Kamola: - Kelib qolishar.
Har bir yeyayotgan luqmam tomog'imdan tosh kabi o'tardi. Oxiri ovqatni qo'yib Kamolani yeb bo'lishini kuta boshladim.
Kamola: - Yana nima bo'ldi?
Men: - Qornim to'ydi.
Telefonimdan sms kelganini bildiruvchi kuy cholindi. Yuborilgan raqamga qaradim. "Sharof"
Sharof: - "Ovqat yoqmadimi?"
Men: - "Birov ko'zini lo'q qilib qarab turganda tomoqdan bir nima o'tishi qiyin ekan".
Uning yuziga tabassum yugurganini ko'rdim.
Sharof: - "Qaramaganimiz bo'lsin"
Keyin esa barchasi turib eshikga yo'naldi. Yoqimli ishtaha tilashib chiqib ketishdi. U esa asabga tegib stolni sertida yegulik turgan likobimni turtib ketdi. Bari juda tez sodir bo'ldiki, biror nima qilishga ulgurmadim. Likobni chil chil singanidan hamma bizga qaradi. Bu paytga kelib Sharof allaqachon chiqib ketgan edi. Ana eng noqulay vaziyat.
Men: - To'nka, ablah.
Tashqariga otildim.
Men: - Jin ursin.
Orqamdan shoshgancha Kamola ham chiqdi.
Kamola: - Nega unday qildi?
Bu savolga o'zim ham javob berolmas edim. Chunki o'zim ham hayronman. Nima qildim unga?
Xonaga kirib sumkamni divanga otdim.
Kamola: - Mayli men kiyimimni almashtirib chiqaman.
Men: - Xop.
Chiqib ketgach men ham kiyimimni alishtirdim.
Men: - O'zini kim deb bilyapdi. Indamas ekan deb xoxlagan ishini qilaverar ekanda! Hali ko'rsatib qo'yaman.
Shu payt xona eshigi taqilladi.
Men: - Kiravering
Eshik ortidan sado chiqmadi. Qaytanga yana taqilladi. Munisani shu xarakterini yomon ko'rdim. O'zi turgan xonaga ham taqillatib kiradi. Eshikni ochdim.
Men: - Munis nechi marta aytay taqillatmay ki....
Qarshimda Sharof turardi.
Sharof: - Munis emas, Sharof.
Men: - Ko'rib turibman. Nima kerak?
Sharof: - Nega darsda emassiz!
Men: - Sizga nima?
Sharof: - Men guruh sardoriman axir. Bu lavozimga o'zlari tayinlagandilar shekilli!
Men: - Sardorlik degani birovni ustidan hukmdorlik emas.
U bilagimdan mahkam ushlab o'ziga tortdi.
Sharof: - Hoy qiz, bu yerga birovga enagalik qilish uchun emas. O'qish uchun kelganman. Meni ustimdan qaytib hech qachon qaror chiqarma!
Men: - Qo'lim o'g'riyapdi.
Sharof siltagancha qo'yib yubordi. Sumkasidan kitob olib menga tutkazdi.
Sharof: - Dars stolida qoldiribsiz!
Xonaga kirib yuziga eshikni yopdim.
Ma'sulyatni ko'tarolmagan to'nka. Shu narsa qiz bolaga qo'pollik qilish uchun sabab bo'la oladimi? U jinni! O'ta ketgan ahmoq.
Men: - Ha to'g'ri jinni! Nima emish enagalik qilish xoxlamasakan. Do'vdir ma'sulyatni xis qilolmayman deb qo'yaqol. To'nka.
Kitobni eshikga otdim. Asabimni so'nggi tolasi uzilayotganday edi go'yo.
Divanga xolsiz o'tirib, bilagimni ushladim.
Men: - Joni o'g'ridi ham demadiya ahmoq!
Biroz o'tib Munisa kirib keldi.
Munisa: - Hayrli kun qalesiz? Erta tugadimi dars!
Men: -Hm!
Munisa: - Voy kitob nega yerda. Tinchlikmi?
O'rnimdan turib undan kitobni oldim.
Men: - Qo'limdan tushib ketdi.
Munisa: - Shu yergacha ya?
Men: - ...
Munisa: - Ha mayli!
Kiyim javondan kiyimlarini oldi.
Munisa: - Aytganday anavi kursdoshizni sizda ishi bor edi shekilli
Men: - Kimni?
Munisa: - Sharofbek. Kelsam eshik yonida turgan ekan. Sizni chaqiraymi desam. Indamay ketib qoldi.
Ey hudo u hamma gapimni eshitgan.
Men: - Jin ursin
Munisa: - A?
Men: - Yo'q hech nima?
Joyimga yotib boshimgacha o'rang'ichni yopib oldim. Qanday rasvo kun bo'ldiya bugun. Ertalabdan menga omadsizlik yo'liqdimi? Uydan kelgunimcha barchasi yaxshi edi. Shu yerga kelib uni ko'rdimu, barchasi boshlandi. Haa bariga u aybdor. Ablah.
Munisa: - Maftuna
Bosnians ochib unga qaradim.
Men: - Ha
Munisa: - Mazzangiz bo'lmayapdimi? Shifokorni chaqiraymi?
Men: - Yo'g'e! Hammasi yaxshi! Shunchaki biroz charchadim.
Munisa: - Ha. Men kutubxonaga ketyapman. Birga borolmaysizmi?
Men: - Albatta boraman.
O'rnimdan turib Munisaga ergashdim. Balki kitoblar bilan chalg'irman. Kutubxonaga kirib kitob tanladim. "Xan Andresen ertaklar". Bu ertaklar mening sevilmli kitoblarim. U olamda qandaydir o'zimni yengil his etaman. Kitob o'qish zaliga kirdim. Yo hudo! Yana unga duch keldim. U ham kitob o'qib o'tirardi.
Men: - Munis men xonada bo'laman. Boshim o'g'riyapdi.
Munisa: - Hop!
Kitobni ijaraga olib xonaga shoshdim.
Shundoq ham bugungi ko'ngilsizliklar yetadi.
Bir amallab kun o'tib, tunni tushirdim. Lekin bugungi asabuzarliklardan so'ng uyqu kelishi qiyin bo'ldi. Kitob ham o'qiy olmas edim. Chunki chiroq yoqolmasdim. Munis uxlayotgandi. To'satdan telefonimga sms keldi.
Sharof: - "Uxlayapsizmi"
Yo hudo yana boshladi.
Men: - "Nima edi?"
Sharof: - "Demak o'yg'oqsiz! Ajoyib tun to'g'rimi?"
Telefonimni o'chirib yostig'im tagiga qo'ydim. Boshqa uning smslarini o'qishga toqat qilolmadim. Bularning ham nihoyasi albatta bir ko'ngilsizlik bilan tugashi aniq.
Tong otdi. Yangi o'qish kuni. Ilohim bugun yaxshi o'tsin.
Kecha kiyim alishtirgani chiqib ketgan Kamola ham oshxona yo'lagida qorasini ko'rsatdi.
Kamola: - Salom hayrli tong Maftun.
Men: - Salom.
Kamola: - Uzur kecha chiqolmadim. Bilasizku o'zi kecha kelgandim. Shunga narsalarimni joylashtirdim.
Men: - Hech qisi yo'q. Tushundim.
Kamola: - Raxmat.
Ortiq bir so'z eshitmaslik va gapirmaslik uchun dars jadvaliga ko'z yugurtirdim.
Yarim soatlardan so'ng dars boshlandi. Men bu safar Kamola yoniga o'tirdim. Sharof kirib qovoq o'ygancha eshik yonidagi stolga o'tirdi. Birinchi dars rahbarimizni darsi bo'ldi. Dars so'nggida Sharof o'rnidan turdi.
Sharof: - Men sardorlikni topshirmoqchiman. Bugundan xo'p desangiz Ravshan Eminov bo'lsa.
O'qituvchi: - Mayli! Sizlarga qanday qulay bo'lsa shu yo'lni qo'llanglar!
Sharof: - Raxmat ustoz. Bunga Maftunaxonning qarshiligi yo'qmi?
Iloji boricha jilmayib Sharofga qaradim.
Men: - Ajoyib fikr. Axir eplolmagandan keyin shunday qilish kerakda!
Sohta jilmayish navbati unga keldi.
Sharof: - Gap eplolmaganda emas.
Men: - Unda nimada ekan?
Sharof: - Maftuna...
O'qituvchi: - Jim! Bu nimasi? Qani keyingi darsga!
Sharof sumkasini oldiyu eshikdan otildi. Ha bugun kechadan qolishmaydigonga o'xshaydi. Uning jahli chiqqandagi qiyofasi yanada chiroyli bo'lib ketardi. Tan olaman gohida unga sehrlanib qolaman. Uning har bir harakati, har bir mimikasini kuzataman. E'tibor berilsa u hali hamon yosh bolaga o'xshardi. Xozir ham aytgan gaplarimdan afsuslandim. Ammo aqllim u o'ylamadimi? Sen ham o'ylanma deydi! Keyin qalb va aql sudi boshlanadi. Sotqin miyya o'zining xosilasi aql tomonga yon bosadi. Axir yurak emasmi miyyaning yordamchi qo'li. Hatto miyya ham yurak qalbni yonini olmaydi. Bu qandayin berahmlik. Bu hayollar bilan yo'lakdagi ajrab qolgan qismga qoqilib ketdim. Yana u tutib qoldi.
Sharof: - Nimani hayol qilyapsiz?
O'zimni o'nglab olib, atrofga qaradim. Yo'lakda bizdan bo'lak hech kim yo'q.
Men: - Hech nima?
Sharof: - (jilmayib) Unda nega oyoq tagiga qaramaysiz?
Men: - E'tibor bermay qolibman.
Sharof: - Shuning uchun osmonga emas, yerga qarang.
Kamola: - Maftunaaa
Yo'lak boshida Kamola paydo bo'ldi. Yonimga yugurib keldi.
Men: - Ha Kamola tinchlikmi?
Kamola: - Dars 27-xonada ekan.
Men: - Yaxshi! Ketdik.
Muyulishga yetganda unga qaradim. Hali hamon menga qarab turardi. Yuragim alla nechuk titroq bilan ura boshladi. Uning nigohi olov. Ichimga tushgan olov.
Dars boshlanishiga yaqin kirib keldi. Yon partaga o'tirdi. Qisman bo'lsa ham yonma yon edik endi. Nafasim bo'g'zimga tiqildi. Nega bilmayman. Unga qaramaslik e'tiborsizlikga urinsamda uddalay olmasdim. Unga har gal nigohim tushganda uning ham nigohiga duch kelaman. Qanchalar sehr mujassam bo'lmasa unda! Nahot uni sevsam! Ko'nglim bormi unda! U ham sevarmikan? Shoshma bu qandayin hayol. Bemanilik. Ahmoqgarchilik. Bu nigoh ortida sehrdan tashqari qandaydir fitna borligi aniq. Sevmayman uni! Yana sud boshlandi. Bu gal sud haftalab davom etdi. Aql dalillar keltirdi. Qalb esa dalillarsiz faqat hislarini bayon etardi. Savollar javobsiz gumonlar. Va nihoyat qalb g'olib. Men uni sevaman.
DAVOMI BOR.
#Engyaqinbegonalar
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев