2-qism
{Black Rose}
Tong. Mohigulni ovozidan o'yg'onib ketdim.
Mohigul: - Maftuna turing. Tong otdi.
Erinibgina o'rnimdan turib o'qishga tayyorgarlik ko'rdim. Birinchi dars informatika ekan. Mohi ikkimiz birinchi kirib olibmiz. Sekin o'quvchilar yeg'ila boshladi. Qizlar to'rta bo'ldik. U qarshimga o'tirdi. Negadir yozayotgan qo'lim qaltiray boshladi. Domla doskani artishni buyurdi. U menga qaradi. Men esa unga. Zarda bilan o'rnidan turib, doskani tozalab o'rniga o'tirdi. Darsni yarimigacha
boshlang'ich test topshirdik. Qolgan yarimida bekor bo'ldik. Men daftarga rasm chizishni boshladim. Birdan partaning taqillashidan cho'chib tushdim. Qarasam u yonidagi varoqni men tomonga surdi. Hayron qoldim. Varoqni ochdim.
- " Salom! Yaxshimisiz? Ismim Kamola. Sizning ismingiz nima?"
Qoshimni tirishtirib u yigitga qaradim. U keyingi parta nariga ishora qildi. U yerda barbi qizga ko'zim tushdi. Va beixtiyor kulib yubordim. Soniyalar ichida nimalar o'tmadi hayolimdan.
- Men: - " Ismim Maftuna"
Bu gal Kamolaga javob varoqni o'zim uzatdim.
Kamola: - "Yoshingiz nechida?"
Men: - "O'n yettida. Sizningchi?"
Kamola: - " O'n oltida"
Bu gal nima deb yozishni bilmadim. Shu sabab yana rasm chizish chog'landim.
Kamola: - " Sizni opa deymi?"
Men: - "Yog'e! Ismimni aytavering"
Kamola: - "Xop. Qayerliksiz?"
Men: - "Shu yerlik. Sizchi?"
Kamola: - " Andijondan"
Kamola bilan ham tanishib oldim. Uning ko'p savol berishi yoqmadi. Mohigul gapirib tinmaydi. Kamola yozib tinchimadi. Faqat " shalvar shim" jim o'tirardi. Nihoyat birinchi para tugadi. Ikkinchi para uchun pastga tushishga to'g'ri keldi. Dars yarimiga yetmay Mohigul mazzasi yo'q bo'lmayotganini aytib, ariza yozib uyiga junadi. Meni hayolimga ham shu fikr keldi. Ammo nega uyga ketishim kerak. Yana uydagilardan arazlagan bo'lsam. Qachon o'zlari chaqirsa keyin boraman. Bu yog'iga o'qishga fikrimni qaratishga xarakat qildim. Biroq bazan u meni o'ziga sehrlab qo'yardi.
Bir hafta o'tib o'qituvchi guruhga bosh ya'ni "startsa" tayinlash kerak ekanini aytib qoldi. Qarasam hamma jim. O'rnimdan turib, uni ko'rsatdim.
Men: - Menimcha bu bola bo'lsa hech kim qarshi bo'lmaydi.
Iloji boricha unga qaramaslikga xarakat qildim. Bilar edim u menga g'alati qarab turardi.
O'qituvchi: - Yaxshi! Siz o'tiring. Siz esa turing! Ism familyangiz?
- Sharof....Sharof Muhtorov!
O'qituvchi: - Bugundan siz boshsiz! Hammani nazoratda ushlang.
Sharof: - Hop!
Uning nigohiga duch keldim. Juda norozi ekani bilinib turardi. Kunlar o'ta boshladi. Guruh juda chiqishib ketdik. Bir yomon tomoni barcha qizlar uylariga ketib qolishdi. Bir o'zim yurardim. Kollej bo'yicha hamma meni guruh malikasi deb atay boshlashdi. Guruhimni yigitlari ham meni hurmat qilardilar. Bu orada uydagilarga nisbatdan arazimni yeg'ishtirdim.
Yangi hafta, ertalabki yeg'ilishga zo'rg'a ulgub keldim.
Odatda yeg'ilishda old qatorda turaman. Bu bilan yonimdagi formasiz guruhdoshlarimni himoya qilaman, ham shu yerda ekanimni bildirib turaman. Yonimga Sharof keldi.
Men: - Salom
Sharof: - Salom
Bazan uni tushinish qiyin. Goh hushmuomla bo'lsa, goh undan qo'poli yo'q.
Sharof cho'ntagidan rumolcha olib menga uzatdi.
Men: - Nimaga?
Sharof: - Lab bo'yog'Ingiz yoqmayapdi!
Men: - O'zimda bor!
O'zidek javob qaytardim. Sumkamdan rumolchamni olib lab buyog'imni artib tashladim. Uni tergagani, buyruq berishi yoqmidi. Ammo beixtiyor aytganini qilaveraman. Xozir qilayotgan ishim ham o'zimni g'ashimga tegayotgandi. Ertalabki yeg'ilish tugab, hamma darsiga kirishdi. Bizni dars ikkinchi qavatda ekan. Bemalol chiqish uchun hamma chiqib ketishini kutdim. Nihoyat barcha chiqib ketib bo'lgach, oyog'imga tosh bog'laganday chiqa boshladim. Shu vaqt kutilmaganda oyog'im qayrilib ketdi. Agar u tutib qolmaganda zinadan yeqilgan bo'lar edim. Ko'zimni ochib, unga termulib qoldim. Taftida qorday eriy boshladi. Avval u o'ziga keldi. Meni qo'yib yuborib, nariroq turdi.
Sharof: - Ehtiyot bo'ling!
Men: - Raxmat!
U tepaga chiqib ketdi.
Men: - Jin ursin!
Yer tepindim. Tepadan ovoz keldi.
Sharof: - Tinchlikmi Maftun?
Tepaga qaradim. Sharof oxirgi qavat zinasida suyanib turardi. Og'ir qadam tashlab oldidan o'tib ketdim. U esa nim tabassum qilib turardi. Birdan sumkamdan tortdi. Men savol nazari bilan unga qaradim. U esa yonimdan o'tib ketdi. Mulozamatni ham bilmaydigan hissiz to'nka!
DAVOMI BOR
FIKRINGIZNI KUTIB QOLAMAN!
#Engyaqinbegonalar
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев