1. Shomdan oldin ijobat boʻladigan fursatda duoni tark qilish.
2. Shom azonini eshitganda takrorlab turmaslik.
3. Toki azon tugagunicha ogʻizni ochmay turish.
4. Shom namozidan keyingi ravotib sunnatni tark qilish.
5. Taroveh namozini imom bilan birga oxirigacha oʻqimaslik.
6. Ramazonning birinchi kechasida taroveh oʻqimasdan, boshqa ishga mashgʻul boʻlish.
7. Faqat Ramazonda namoz oʻqish.
8. Taom va ichimlikda isrofga yoʻl qoʻyish.
9. Xatmi Qurʼonni tafakkur qilib eshitishdan gʻaflatda qolish.
10. Iftor bilan mashgʻul boʻlib, shomni uyda oʻqish.
11. Shom bilan xufton orasidagi vaqtni behuda oʻtkazish.
12. Saharlikni tark qilish. (Chunki hadisda: “Saharlik
qilinglar, saharlikda baraka bor”, deyilgan).
13. Saharlikda duo ijobat boʻladigan paytni zoye qilish.
14. Yosh bolalarni roʻza tutishga qiziqtirmaslik.
15. Gʻiybat, chaqimchilik, yolgʻon va aldov kabi baʼzi harom narsalardan tiyilmaslik.
16. Hayit uchun kiyinish bahonasi bilan Ramazonning eng oxirgi fazilatli kunlarini bozorda oʻtkazib yuborish.
17. Fazilatli kunlarni serial va filmlar tomosha qilish bilan oʻtkazib yuborish.
Allohumma Soli aʼla Sayyidina Muhammad 🍃
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев