O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng qudratli qurolli kuchlari reytingida 54-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston Qurolli kuchlari “ Globalfirepower.co m” saytida e’lon qilingan dunyoning eng qudratli qurolli kuchlari reytingida 54-o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqdaUzDaily. Reytingga dunyoning 126 davlati kirdi.
Nashrning eslatishicha, o‘tgan yili O‘zbekiston ushbu reytingda 106 ta mamlakat ichida 48-pog‘onani band etgan edi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston MDH davlatlari orasida Rossiya (2-o‘rin) va Ukraina (25-o‘rin)dan keyingi 3-o‘rinni egalladi.
Ushbu reytingda O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi bo‘ldi. Qozog‘iston armiyasi reytingda 66-o‘rin, Qirg‘iziston — 78, Tojikiston — 81, Turkmaniston — 90-o‘rinda joylashdi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 5