Samarqand viloyati Paxtachi tumanining maktabgacha ta’lim muassasalaridan biriga mudira etib tayinlangan fuqaro fursatni g‘animat bilib muassasaga ajratilgan byudjet mablag‘lari va ota-onalar badallarini talon-taroj qilishga kirishdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Bu yo‘lda unga qo‘l ostidagi xodimlari ko‘makchi bo‘ldi. Mudira hisobchi bilan kelishib, ikki yil davomida o‘z nomiga noqonuniy ravishda jami 11 million 956 ming so‘m ish haqi yozdirib oldi. Muassasa rahbarining o‘rindoshlik asosida ishlashga ruxsat etilmagan bo‘lsa-da, u jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, psixolog va kirchi vazifalari uchun o‘zining nomiga tabellar to‘ldirdi. Natijada 3 million so‘mdan ortiqroq ish haqiga ega chiqdi.
Bu bilan ham qanoatlanmagan rahbar qo‘l ostidagi xodimlar – hisobchi, xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudira va hamshira bilan jinoiy til biriktirdi. Sarflanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini haqiqatda ishlatilganiga nisbatan ko‘p ko‘rsatib, hujjatlarni qalbakilashtirdi. Ularning bunday qilmishi oqibatida 74 holatda 10 million 159 ming 200 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari talon-taroj qilindi.
Mudira va uning sheriklari yillar davomida sodir etgan qing‘irliklari uchun o‘z jazosini oldi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев