AQSHning Michigan shtatida joylashgan Flint shahrida Gigglz laqabli cho‘chqa shahar merligiga nomzod sifatida ko‘rsatildi. CBS Detroit xabariga ko‘ra, cho‘chqa mahalliy advokat Maykl Yuingning sa’y-harakatlari bilan lavozimga da’vogarlik qilish huquqini qo‘lga kiritgan.
Advokat shahar merligiga muqaddam sudlangan ikki shaxs o‘z nomzodini qo‘yganidan so‘ng, cho‘chqani nomzod sifatida ko‘rsatgan holda saylov poygasiga qo‘shilishga qaror qilgan. Nomzodlardan biri qotillik jinoyati uchun, ikkinchisi esa mast holda avtomobilni boshqargani sabab sudlangani aytilmoqda.
“Nazarimda, qotilligi uchun sudlangan shaxsning shahar meri etib saylanishi Flint haqida yetarli darajada yomon signal sifatida talqin etilishi mumkin”, – dedi Yuing. Uning ta’kidlashicha, Gigglz aqlli va muloyim jonivor, qolgan ikki nomzod haqida esa bunday deb bo‘lmaydi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев