o‘ldirgan buxorolik erkak
ozodlikdan mahrum etildi
Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi
“Qipchoq” mahalla fuqarolar yig‘inida
istiqomat qiluvchi fuqaro xotini bilan
sevib-sevilib, 2000-yilda turmush
qurgan edi. Ular vaqt o‘tib, uch nafar
farzandli bo‘ldi, deb xabar beradi
Orada oila erkagining ishi yurishmay
qoldi-yu, tirikchilik tashvishida
Rossiyaga otlandi. Astoydil mehnat
qildi, ro‘zg‘ori ham ancha epaqaga
kelib qoldi. Shunday kunlarning birida
telefon qilgan xotini uyga o‘g‘ri tushgani-yu, bor budiga qo‘shib,
qo‘ylarini ham o‘g‘irlab ketganini
aytib, yig‘i-sig‘i qildi. Shuhrat bu
xabardan xafa bo‘lgan bo‘lsa-da,
“yigit moli yerda”, deya o‘ziga-o‘zi
taskin berdi va xotinining ko‘nglini ko‘tardi.
Shu kundan boshlab Shuhrat yanada
yaxshiroq ishlab, ko‘proq pul
topishga, bu bilan o‘g‘irlangan mol-
mulkining o‘rnini to‘ldirishga bel
bog‘ladi. Buning uchun hatto kundalik
xarajatlarni ham kamaytirdi. Ammo xotini bilan gaplashganidan
ikki kun o‘tib, unga begona raqamdan
notanish ayol qo‘ng‘iroq qildi-da,
dabdurustdan “Siz ishonib, birga
yashagan Nasibangiz fohishalik qilib
yuribdi. Uyingizda hech qanaqa o‘g‘rilik bo‘lmagan, aksincha,
xotiningiz qo‘ylarni sotib, qarzlari
evaziga to‘layapti”, — dedi.
Oila xo‘jayini kutilmagan
“yangilik”dan tamoman gangib qoldi.
Qo‘li ishga bormay, uyiga oshiqdi. U
yo‘l-yo‘lakay o‘tgan yillarni birma-bir
eslay boshladi va oxirgi paytlar uyiga
borganida xotini sababsiz janjal chiqarib, u bilan yashamasligini
aytgancha uydan chiqib ketadigan
odat chiqargani yodiga tushdi.
2012-yilning 1-avgusti kuni erkak
o‘zini qo‘yarga joy topolmadi. U g‘ururi
poymol etilganini o‘ylab, boshini
changalladi. Bir mahal qo‘lini musht
qilgancha, shahd bilan o‘rnidan turdi. Er-xotin o‘rtasidagi tortishuv uzoq
davom etmadi. O‘zini boshqarolmagan
erkak xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi. Ayol jon
taslim qilgach, qotil er profilaktika
inspektoriga xabar berdi. Hukm
o‘qildi. Sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining
tegishli moddasiga asosan aybdor deb
topilib, ozodlikdan mahrum etildi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2