saqlab qolishdan voz
kechmoqchi emas
Eron tashqi ishlar vaziri
o‘rinbosari Abbos Arakchi
Tehron o‘z yadroviy
salohiyatini saqlab qolishga
qat’iy qaror qilganini va
birorta tadqiqot dasturi
yopilmasligini ma’lum qildi,
deb xabar bermoqda
Eron vakili AQSh davlat kotibi
o‘rinbosari Uendi
Shermanning Tehron
mamlakat markazidagi Fordo
uranni boyitish korxonasi
yopishi lozimligi, shuningdek,
“oltilik” davlatlari bilan
o‘tkazilayotgan muzokaralar
to‘xtatilishining har qanday
sababi uchun javobgarlikni o‘z
bo‘yniga olishi kerakligi
haqidagi bayonotiga aynan
shu tarzda javob bergan.
“Shubha yo‘qki,
muzokaralarning o‘zi emas,
balki ularning OAVda yoritilishi
muammoni yechish o‘rniga
jarayonning borishini
sekinlashtiradi. Bizning
muzokarachilar jamoamiz
yadro dasturining tinch
xarakterda ekanligi
to‘g‘risidagi barcha
gumonlarni yo‘qotish uchun
harakat qilishga va kerak
bo‘lsa uni xalqaro
hamjamiyatga xulosa
chiqarish uchun taqdim
etishga tayyor. Eronning
muzokaralardagi asosiy
pozitsiyasi aniq va biz
ishonchni mustahkamlash
uchun barcha choralarni
ko‘ramiz. Biroq Eron atom
energiyasidan tinch yo‘ldan
foydalanish bo‘yicha o‘zining
qonuniy huquqlarini himoya
qilishdan voz kechmaydi.
Shuningdek, muzokaralar
kelishilgan muddatda
tugashiga ham kafolat yo‘q”, −
dedi Arakchi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев