yarata oladi — OAV
Yirik uran konlari, atom elektr
stansiyalari hamda yadro yoqilg‘isini
boyitish imkoniyati, shuningdek Sobiq
Ittifoq davrida ballistik raketalar
chiqargan korxonalarga ega bo‘lgan
Ukraina 10 yil ichida yadro bombasini yaratishi mumkin. Bu haqda rossiyalik
mutaxassislarga asoslanib, “Izvestiya”
nashri ma’lum qildi.
“Ukraina mudofaa vaziri Valeriy
Geleteyning Ukrainaga yadroviy davlat
maqomini qaytarish va ommaviy
qirg‘in qurolini yaratish imkoniyati
haqidagi bayonoti — provokatsiya,
biroq unga jiddiy yondashish lozim, — deya Davlat dumasining mudofaa
bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
Frans Klinsevich gapidan iqtibos
keltirdi nashr. — Shuni unutmaslik
kerakki, Ukrainada ilm-fan doim
rivojlangan bo‘lgan, bu nuqtai nazardan yadro bombasini yaratish
muammo bo‘lmaydi”.
Klinsevich Ukraina hududida boyitish
uchun mo‘ljallangan bo‘lmasa-da, 17
ta AES energobloklari borligini eslatdi. “Agar ular energobloklardan bir-
nechtasini bo‘shatib, ushbu masalani
hal etishga kirishsa, jarayon uzoq
vaqtni oladi. Biroq ular 10 yilda bunga
ulguradi”, — dedi deputat. “Izvestiya”ning ta’kidlashicha,
Ukrainani yadroviy davlatga
aylantirish yadro qurolini tarqatmaslik
to‘g‘risidagi barcha xalqaro
me’yorlarga ziddir, chunki har qanday
yadro quroli tovlamachilik emas, tomonlar tengligi vositasidir.
Shu bilan birga, harbiy ekspert Andrey
Klenov Ukrainaning Sobiq Ittifoqdan
katta potensialni meros qilib olganini
ta’kidladi. “Agar Ukraina prezidenti yadro quroli
yaratish haqida qaror qabul qilsa,
oddiy portlovchi moddalar va
radioaktiv unsurlardan tashkil topgan
bombani yasashga sanoqli kunlar
ham yetarli bo‘ladi”, — deya ishonch bildirdi Klenov. 14-sentabr kuni Ukraina mudofaa
vaziri Valeriy Geletey G‘arb Ukrainaga
yordam berishdan bosh tortsa, yadro
qurolini ishlab chiqishlari haqida
aytgan edi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев