O‘zbekistonda qo‘shma korxona
tashkil etilishiga ta’sir qilmaydi
“Sistema” aksiyadorlik moliyaviy
korporatsiyasi rahbari Vladimir
Yevtushenkovning hibsga olinishi
O‘zbekistonda Universal Mobile
Systems qo‘shma korxonasi tashkil
etilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu haqda “Anhor” nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, nashr MTSni
nazorat qiluvchi “Sistema” AMK bilan
bog‘langanida “AMK rahbari bilan yuz
bergan so‘nggi voqealar
O‘zbekistonda QK tuzish rejalariga
hech qanday o‘zgartirish kiritmasligi kerak”ligini ta’kidlashgan. Eslatib o‘tamiz, “Sistema” AMKning
asosiy xo‘jayini Vladimir
Yevtushenkovga nisbatan ayblov
e’lon qilindi. U pul mablag‘larini “yuvish”da ayblanib, hozirda uy
qamog‘ida saqlanmoqda.
Yevtushenkovning aybi tasdiqlansa, u
yetti yilga qamaladi va 1 million
rublgacha jarima to‘laydi. “Sistema”
AMK bu ayblovlarni tamoman asossiz
deb hisoblamoqda. “Sistema” aksiyadorlik moliyaviy
korporatsiyasi ochiq aksiyadorlik
jamiyati — Rossiya moliyaviy sanoat
guruhi bo‘lib, u MTS mobil operatori
aksiyalarining nazorat paketiga egalik
qiladi. “Sistema” direktorlar kengashi raisi Vladimir Yevtushenkov
Rossiyaning eng boy biznesmenlari 20
taligiga kiradi. Mahalliy Forbes nashri
uning davlatini 9 milliard dollarga
baholagan.
Avvalroq MTS kompaniyasi
O‘zbekiston hukumati bilan murosa
bitimi imzolagani, O‘zbekistonda yangi
qo‘shma korxona — Universal Mobile
Systems tashkil etishi, korxonaning
50,01 foizi MTSga, 49,99 foizi esa O‘zbekiston hukumatiga tegishli
bo‘lishi haqida xabar berilgan edi. UMS’ni ro‘yxatga olish ishlari 25-
sentabrga qadar tugallanishi
kutilayotgani ma’lum qilingan edi. Bundan tashqari, qo‘shma
korxonaning 1-noyabrga qadar
texnik, 1-dekabrgacha esa tijoriy
ekspluatatsiyani amalga oshirishi
rejalashtirilgan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев