VIII asrning 70-yillarida
Movarounnahrda yirik xalq
qo‘zg‘oloni alanga oldi. U tarixda
«oq kiyimlilar», yoki Muqanna
qo‘zg‘olni degan nom oldi.
Qo‘zg‘olon Zarfshon va
Qashqadaryo vohalarini qamrab
oldi.
Qo‘zg‘olon rahbarining asl ismi
Hoshim ibn Hakim edi.
«Muqanna» uning laqabi bo‘lib,
«yuziga niqob tortilgan»
ma’nosini anglatardi.
Manbalarga ko‘ra, qo‘zg‘olon
776-yili boshlangan. Muqanna
O‘rta Osiyoning barcha
tumanlariga Marvdan o‘z
odamlarini jo‘natadi va arablarga
qarshi kurashga da’vat qiladi.
Muqannaning da’vati, ayniqsa,
Nasaf va Keshda muvaffiqiyat
qozondi. Bu yerda ko‘plab
kishilar Muqanna tarafiga
o‘tishdi. Voqealar jadal sur’atda
rivojlandi. Qo‘zg‘olon Zarafshon
vodiysiga ko‘chib o‘tadi.
Qo‘zg‘olonning borishi
Qashqadaryo va Zarafshon
vodiylarida qo‘zg‘olon keng
quloch yoygan paytda Muqanna
o‘z tarafdorlari bilan
Movarounnahrda paydo bo‘ladi.
Qo‘zg‘olonchilar harbiy
bo‘linmalarga hujum qiladilar
hamda arab karvonlarini
talaydilar.
Muqanna Buxoro vohasida
mustahkamlanib oladi. Ammo
Narshax qishlog‘ida bo‘lgan
jangda uning izdoshlari
yengiladilar. Mazkur jangda ular
700 kishidan ayriladilar.
Qo‘zg‘olonchilar Narshax
qishlog‘ida himoyalanishga qaror
qiladilar. U yaxshi
mustahkamlangan qishloq edi.
Qal’aning qamali to‘rt oyga
cho‘ziladi. Qahramonlarcha
kurashgan Narshax himoyachilari
oqibatda mag‘lubiyatga
uchraydilar.
Arablar besh yil mobaynida
So‘g‘ddagi qo‘zg‘olonchilar bilan
urush olib bordilar. Ular asosoiy
ziroatkor tumanlardagi qarshilik
o‘choqlarini katta qiyinchilik bilan
bostirishga muvaffaq bo‘ldilar.
Kurashning oxirgi bosqichi Kesh
muzofotidagi (Hisor tizmasi)
Sinam tog‘ida joylashgan
Muqanna qal’asining qamali
bilan bog‘liq bo‘lgan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2